• Mavzuga oid muammolar
  • 1-savol bayoni
  • Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги




    Download 1,4 Mb.
    bet54/126
    Sana21.01.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #142208
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
    Bog'liq
    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

    Asosiy savollar.

    1. Tarbiyachilik mahoratining mohiyati.

    2. Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari.

    3. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va samarali amalga oshirish yo’llari.

    Mavzuga oid tayanch iboralar va tushunchalar.
    Tarbiyaviy faoliyat, tarbiyachi shaxsi, tarbiyaning tarkibiy qismlari, tarbiyaviy ish rejasi, tarbiyalanganlik darajasi, tarbiyasi «qiyin» bola.
    Mavzuga oid muammolar:

      1. O’qituvchi, tarbiyachi, pedagog, murabbiy, ustoz, muallim, sinf rahbari. Har birining kasbiy sifatlarini yozib chiqing. Qaysi birida tarbiyachilik mahorati ustun bo’lishi zarur deb hisoblaysiz? Faoliyatining tarbiyalovchilik mohiyatiga qarab ketma-ketlikda joylashtirib chiqing.

      2. Bilimdon, talabchan, qattiqqo’l, printsipli, aytganini qiladigan va qildiradigan, so’zidan qaytmaydigan, xato qilmaydigan, agar qilsa ham tan olmaydigan o’qituvchi.

    Aqlli, ochiq ko’ngil, sofdil, xushfe’l, mehribon, shirinso’z, g’amxo’r, sodda, har qanday holatda o’quvchiga yon bosadigan o’qituvchi.
    Bilimi sayoz, jahldor, tez o’zgaradigan, o’zini yaxshi ko’radigan, obro’talab, ko’ngli nozik, darsni qiziqarli o’tishga harakat qiladigan o’qituvchi.
    Qaysi birining qo’lida ta’lim-tarbiya olishni xohlar edingiz?. Fikringizni asoslang.

      1. 9-a sinf rahbari juda mukammal tarbiyaviy ish rejasini tuzgan. Lekin uni izchil bajarmaydi. 9-b sinf rahbarining ish rejasi nomigagina tuzilgan. Ammo tez-tez qiziqarli va foydali tadbirlar o’tkazib turadi. 9-v sinfning rahbarida kimdandir ko’chirib olgan ish rejasi bor. Tayinli tarbiyaviy tadbir o’tkazmaydi, lekin hisoboti hammmanikidan mukammal. Qaysi sinf rahbarining ishini yuqori baholaysiz?

    1-savol bayoni:
    Tarbiyachilik faoliyati bu tashkilotchilik faoliyatidir. Tarbiyachilik mahorati bolalar hayotining tashkilotchisi mahoratining xuddi o’zginasidir. Mahorat–bu maktab o’quvchisini rivojlantiruvchi pedagogik vaziyatlarni tashkil qila olish malakasidir. Bu «o’qituvchi-o’quvchi» juftligi masalalarining bir zumda echilishi emas, balki jamoa va shaxsga tarbiyaviy ta’sir etuvchi jamoa ijodiy faoliyatini tashkil qilishdir.
    Mahorat - nazariya va amaliyotning birligidir. Tarbiyachilik mahorati –bu faqat bilim berish emas, balki tarbiya qonuniyatlari, bolalar jamoasi hayotini tashkil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan usul va metodlarning amaliyotga ijodiy tatbiqidir. Bilim va unga asoslangan ko’nikma, malakalar- tarbiyachilik mahorati mohiyatining asosidir. Tarbiyachining qobiliyatiga: turli pedagogik vaziyatlarda har bir bola olamida yuz berayotgan jarayonlarni to’g’ri tushunish malakasi; tezda ilg’ash va diqqatni ko’chira olish qobiliyati; ishonch va talabchanlik; bolalar bilan o’ynash qobiliyati; vaziyatni turli tomondan baholay olish qobiliyati; xilma-xil pedagogik faktlardan muhimini ajrata olish qobiliyati; tasodifiy faktlarda muhimlikni ko’ra olish qobiliyati; vaziyatlarda ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati; his-tuyg’u va fikrlarni so’z bilan, mimika va harakatlar bilan aniq etkaza olish qobiliyati kiradi. Shu bilan birgalikda o’qish, mehnat, sport, badiiy faoliyatlarda bolalar bilan aloqa o’rnata olish qobiliyati; alohida yondosha olish; bolalar tashabbuskorligini o’stira olish qobiliyati; qiyin holatlarda bolalarga yordam bera olish; o’quvchilar bilan doimo maslahatlashish; o’tkazilayotgan tadbirlar yuzasidan bolalarning fikrlarini o’rganish; o’z-o’zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish; har bir o’quvchida ijobiy fazilatlarni ko’ra olish; o’quvchilarni sevimli va sevimsizga bo’lmaslik; o’quvchilarda ularning nuqtai nazarida tura olish qobiliyatlarini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega.
    Pedagogikada tarbiyachilik mahorati butun bir tizim sifatida o’zaro bog’liq uchta tarkibiy qismga bo’linadi: Texnologik, ijtimoiy-psixologik (munosabatlar) va etika.
    Texnologik tizim yoki texnologiya bu pedagogik jarayonni rejali va kutilgan natijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko’rsatish vositalari tizimidir.
    Munosabatlar tizimi. Tarbiyachi mahorati-bu bolalar munosabatlariga mo’ljal olish san’atidir. Mahoratli tarbiyachi insoniy munosabatlar qirralarini ajrata oladi. Har bir o’quvchini jamoa munosabatlariga kirishish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur:

    • har bir o’quvchi bilan ishlashda yaqin pedagogik topshiriqlar qo’yish;

    • o’zaro xayrxohlik, o’zaro yordam muhitini shakllantirish;

    • oilani tarbiyaviy ta’sirini hisobga olish;

    bolalarning o’zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi faoliyatlarni tashkil qilish

    Download 1,4 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

    Download 1,4 Mb.