|
-мавзу O’QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA FAOLIYAT OLIB BORISHI
|
bet | 57/126 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #142208 |
Bog'liq Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
ASOSIY SAVOLLAR
1. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash (diagnostika) 2,Tarbiyatexnologiyalarini qo’llashda pedagogic vositalardan foydalanish 3, Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish
Tayanch tushunchalar:
Tarbiyaviy texnologiya; komil inson tarbiyasi; barkamol avlod tarbiyasi; tarbiyaning yaxlitligi; tarbiyaning davriyligi; didaktika; umuminsoniylik me’yorlari; tarbiyaning texnologiyaviyligi; dolzarb rivojlanish hududi; modellashtirish; tarbiyaviy reja; biologik omillar; norasmiy etakchi; tarbiyaviy jarayonni modellashtirish; tarbiya mazmuni; g’oyaviy – siyosiy tarbiya; tarbiya qonuniyatlari; tarbiyaning uzluksizligi; tarbiyada to’g’ri va teskari aloqa; o’z-o’zini anglash; iroda erkinligi; pedagogik talab; o’rgatish; tarbiyalanadigan holatlar.
Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari
Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Komil inson, o’qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo’lib kelgan. Jumladan, Aziziddin Nasafiy o’zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yozadi: “Bilgilki, komil inson quyidagi to’rt narsaga mukammal shaklda ega bo’lgan insondir. Ularning birinchisi, yaxshi so’z, ikkinchisi, ezgu faoliyat, uchinchisi, go’zal axloq, to’rtinchisi, ilm”. Ushbu mukammal shakllarga ega bo’lgan inson buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini quradi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga etkazish jarayoni – pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo’lib, pedagogik texnologiyaning so’nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda o’qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyatlarini bilishi kerak:
tarbiyaning yaxlitligi;
tarbiyaning tizimliligi;
tarbiyaning davriyligi;
tarbiyaning texnologiyaviyligi.
|
| |