• Muhokama uchun savollar
  • Ызбекистон республикаси олий ва




    Download 1,41 Mb.
    bet80/113
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #132930
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)

    1-asosiy savolning bayoni:
    Jonatan Svift 1667 yilda Angliyaning yaqin qo’shnisi va oroldagi mustamlakasi bo’lgan Irlandiyaning poytaxti Dublinda ingliz muhojiri oilasida to’g’ilgan. Otasi u tug’ilmasdan sal avvalroq vafot etgan edi. Ziyrak Jo huqushunos, advokat tog’asi qo’lida tarbiya topdi. U 4 yoshida Dublin universitetining Dindorlik fakultetiga o’qishga boradi. Jonatan universitetni tugatgan vaqtda Dublinda Irland katoliklarining inglizlarga qarshi qo’zg’aloni yuz beradi. Shu paytda Irlandiyadan kuvilgan ingliz oilalari qatori, yosh dinshunos olim Jonatan Svift ham Dublinni tark etadi, kemaga o’tirib, «katta er» ga, Angliyaga yo’l oladi. U Angliyada marhum otasining qalin do’sti, sobiq Uilyam Templning Mur-Park degan so’lim qishlog’ida boshpana topadi. U iste’dodli shogirdi Jonatan Sviftni o’ziga kotib qilib oladi va yaxshigina maosh to’lab turadi.
    XVII asrning oxirlarida Frantsiyada, keyinroq Angliyada qadimgi adabiyot tarafdorlari bilan yangi adabiyot tarfdorlari o’rtasida qizg’in bahslar bo’lib o’tdi. Bu adabiy bahsga janob Templ va uning shogirdi Svift ham qatnashdi. Svift 1697 yili shu bahsga bag’ishlab, (ustozi Templning topshirig’i bilan) “Kitoblar jangi” nomli mashhur hajviya-pamfletini yozdi. Sviftning bu ilk asarida qadimiy va yangi kitoblar ramziy ma’noda bir-biriga qarshi qo’shin tortishar, qadimgi yunon shoiri Pindar yangi Ingliz shoiri Kauliga qarshi, ulug’ “Iliada” ijodchisi Xomer yangi qasidachi Draydenga qarshi jang qilishadi. Svift qadimiy va yangi kitoblar o’rtasidagi jangda har ikkala tomonni himoya qildi.
    Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotini inqirozga uchratayotgan ixtiloflarga qarshi Jonatan Svift o’zining eng yaxshi asarlaridan biri «Bochka» ertagi hajviyasini yozdi. Bu ertakda Svift xristiyan dinining turli mashablari o’rtasidagi noaniqlikni fosh etadi. Frantsuz mutafakkiri Volter bu asarga qoyil qolib: «Svift o’g’illarga qamchi urganida, otasiga ham tegib ketadi», deya hajviyachining jur’atiga ishora qilgan edi.
    Svift o’nlab roman, ocherk, pamflet va boshqa asarlar yozgan bo’lsa-da, ammo u faqat «Gulliverning sayohatlari» asari bilan keng kitobxonlar ommasiga tanildi.

    Muhokama uchun savollar:



    1. XVIII asrning oxirlari Frantsiyada, keyinroq Angliyada qadimgi adabiyot tarafdorlari bilan yangi adabiyot tarafdorlari o’rtasida qanday jang bo’lib o’tdi? Sviftning bu haqda qanday ajoyib fikrlari bayon etilgan?

    2. Nima uchun yozuvchi soxta fanni, hayotdan ajralib qolgan hayolparast olimlarni tanqid ostiga oladi? Yozuvchi olimlar mamlakatini qanday tasvirlaydi?




    Download 1,41 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва

    Download 1,41 Mb.