|
-asosiy savolning maqsadi
|
bet | 81/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)2-asosiy savolning maqsadi:
Sviftning shoh asari jahon adabiyotining durdonasi «Gulliverning saayohatlari» asari mazmun mohiyati haqida talabalarga tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
«Gulliverning sayohatlari» zamirida Svift o’z zamonasidan, o’sha davr Angliyadagi chirkin turmushdan, urf-odatidan, davlat siyosatidan, fan va madaniyatidan norozi bo’lganligi haqida gapiradi.
Svift qahramoni zamonasining sofdil, insonparvar haqiqiy vakili ekanligini tushuntiradi.
«Gulliverning sayohatlari» romanining har bir qismi haqida to’xtaladi.
2-asosiy savolning bayoni:
«Gulliverning sayohatlari» zamirida Svift o’z zamonasidan, o’sha davr Angliyadagi chirkin turmushdan, urf-odatidan davlat siyosatidan, fan va madaniyatining tubanligidan qattiq kuladi. Asar mazmunining hayratomuzligi, obrazlarning quymaligi, lavhalarning ma’no va mazmunga boyligi uch asrdan ziyodroq vaqtdan beri yosh kitobxonlarga katta estetik shavq va zavq bag’ishlab keladi.
Asar qahramoni mittivoylar o’lkasida Tog’ odamga aylanadi. Oyog’i ostida minglab lilliputlar uymalashadi. Gulliverning ro’molchasida chavandozlar ot o’ynatadi, qahramon 600 ta to’shakda uxlaydi. Darozlar o’lkasida esa Gulliverning o’zi mitti bo’lib qoladi. Kichkina quticha – sandiqchada yashaydi. So’ng sandiqchani burgut changalida osmonga olib chiqadi. Gulliver otlar o’lkasiga borib qoladi. Bu erda otlar odamlarni minib yuradi... Gulliver turli afsonaviy joylarga borib, ajoyib-g’aroyib fantastik voqealarni boshdan kechirsa-da, uning xarakteri, fe’l-atvori, ichki dunyosi nihoyatda haqqoniy, realistik bo’yoqlarda chiziladi. U lilliputlar o’lkasidagi axmoqona tartib-qoidalarga norozilik bildirmaydi, ularga barcha fuqaro qatori bo’ysunadi. Faqat hayoti havf ostida qolgandagina quvlik bilan ish tutib, qochib ketishga muvaffaq bo’ladi.
Sviftning qahramoni zamonasining sofdil, insonparvar, haqiqatgo’y vakili. U Lilliputiyada ekan, bosqinchilik urushlariga qarshi chiqadi. Gulliver erli aholiga yordam berishga, maslahatlarini ayamaslikka tayyor. U o’zining kamtarligi, samimiyligi bilan kitobxonning muhabbatini qozonadi.
Jonatan Sviftning bu dohiyona asari oradan o’tgan II yarim asr davomida jahonning deyarli barcha tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etilgan. Roman Sotvoldi Yo’ldoshev tarjimasida o’zbek tilida ham bir necha marta nashr etilib, o’smirlar va yoshlarning sevimli kitobiga aylangan. Jonatan Svift asarlari bugungi o’zbek bolalarini yaxshi o’qishga, mehnatkash bo’lishga, o’z yurtlarini ko’p va xo’p sevishga da’vat etadi.
|
| |