|
Izlanishlar haqidagi ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, sun’iy neyron tarmoqni o‘qitish usullari va o‘qitish algoritmlari yoritilganBog'liq sun-iy-neyron-tarmoqlarini-o-qitish-usullariADABIYOTLAR SHARXI
Neyron tarmoqlar va sun’iy aqlni o‘rganish doirasida juda ham ko‘plab, olimlar,
tadqiqotchilar hamda muhandislar keng ko’lamli ishlar olib borganlar. Jumladan,
neyrotarmoqlarni o‘rganishdagi birinchi qadam 1943-yilda neyrofiziolog Uorren
Makkalok va matematik Uolter Pittsning sun’iy neyronlar, shuningdek, elektr
zanjirlari yordamida neyron tarmoq modelini amalga oshirish haqidagi maqolasini
chop etganida qo‘yildi.
1949-yilda D.Xebb miyadagi neyronlarning bog‘lanish hususiyatlari va ularning
o‘zaro taʼsiri to‘g‘risida fikrlarini bildirdi, shuningdek, neyron tarmoqni o‘rgatish
qoidalarini ham taklif qildi.
1957-yilda F.Rozenblatt perseptronlarni tashkil etish va ishlash tamoyillarini
ishlab chiqdi, shuningdek, dunyodagi birinchi neyrokompyuterni texnik amalga
oshirish variantini taklif qildi.
1958-yil Jon Fon Neyman neyronlarning oddiy funksiyalarini taqlid qiluvchi
vakuumli naycha tizimini yaratdi.
1959-yilda Bernard Widrow va Marcian Hoff ADALINE (Multiple Adaptive
Linear Elements) va MADALINE (Multiple Adaptive Linear Elements) modellarini
ishlab chiqdilar. MADALINE telefon liniyalaridagi shovqinlarni bartaraf qilish uchun
moslashtiruvchi filtr sifatida ishlatilgan. Ushbu neyron tarmoq hozirgacha
qo‘llaniladi.
Xuddi shu yili nevrolog Frenk Rozenblatt perseptron modeli ustida ish boshladi.
Rosenblatt tomonidan qurilgan bir qatlamli perseptron hozirda klassik neyron tarmoq
modeli hisoblanadi. Rosenblatt kirish signallarini ikkita sinfga ajratish uchun o‘z
perseptronidan foydalangan. Afsuski, bir qatlamli perseptron faqat cheklangan
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 12
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Izlanishlar haqidagi ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, sun’iy neyron tarmoqni o‘qitish usullari va o‘qitish algoritmlari yoritilgan
|