Tadqiqot ob'ekti (manbai): kompyuter texnologiyalaridan foydalanib naqsh kompozisiyalarini bosqichma-bosqich chizish asoslari.
Tadqiqot maqsadi: kompyuter texnologiyalarining ta’lim tizimidagi ahamiyati, naqsh kompozisiyalarini tuzishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib Power Point dasturida taqdimot yaratish va o’quv jarayonigaga joriy etish.
Tadqiqot predmeti: naqsh kompozisiyalari tuzishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib yaratishning ilmiy-nazariy asoslari.
Ilg'or pedagoglar ish tajribasini va ularning informatsion hamda kasbiy savodxonligini o'rganish, shuningdek amalga oshirilgan asoslovchi bosqich tadqiqotlarimiz asosida ilmiy farazini quyidagicha shakllantirdik.
Naqsh kompozisiyalarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirishda o’quvchilarning axborotli-o'quv malakalarini shakllantirish muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin, agarda:
- naqsh kompozisiyalarini tuzish jarayonida o’quvchilarning yangi axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikma va malakalarini og'ishmay shakllantirganda;
- ijtimoiy etuk raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashning zamonaviy texnologiyasida informatsion texnologiyalar yordamidagi o'qitishni optimal variantlarini topish uslublaridan samarali foydalana olsa;
- o’quvchilardagi o'zlashtirish darajasini aniqlash va uning monitoringini kuzatib borish uchun mos ravishda mezonlar hamda bilim va malakalarni egallash sifatini xolisona baholash uchun test -savollar tizimlarini tayyorlay olsa;
- o’quvchilar o'quv jarayonini kompyuterlashtirishda erkin harakat qila oladigan va bu asosda aniq natijalarga erishib, o'z kompyuter savodxonligiga to'liq ishonch hosil qilganda;
- o’quvchilar kompyuter savodxonligi bilan naqsh chizish malakalari orasidagi aloqadorlikni ta'minlashning optimal variantlarini topganda.
Tadqiqot maqsadi va ilmiy faraz mazmunidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgiladik:
- O’zbekistonda naqqoshlik san’ati va yetakchi naqqoshlar tarixi va rivojlanishi yoritish;
- Naqsh atamalari izohlash, naqsh turlarini o’rganib chiqish, naqqoshlikda foydalaniladigan materiallar va asboblarning qo’llanilishi, tayyorlanish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Kompyuter texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o’rni, kompyuter tizimini naqsh chizish amaliyotga joriy etish dasturini o’rganib chiqish va ulardan foydalanish mezonlarini tayyorlash;
- Naqsh chizishda kompyuter texnologiyalarini qo'llashning pedagogik samaralarini aniqlash va tahlil qilish.
|