• Identiv o’quv maqsadlari
  • 1-asosiy savolning bayoni
  • Жалолидин Румий




    Download 0,99 Mb.
    bet59/70
    Sana09.01.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #133190
    TuriУчебное пособие
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

    Asosiy savollar:



    1. Turkman xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyoti.

    2. Turkman adabiyotining taraqqiyoti.



    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar.

    Turkman folklori, yozma adabiyotning shakllanishi, badiiy nasr va dramaturgiya.




    Mavzuga oid muammolar:

    Turkman adabiyotida, nasr, nazm va dramaturgiya yanada yuksala bordi, zamonaviy va tarixiy mavzularda yangi-yangi mazmundor asarlar bilan boyidi. Sizningcha, qaysi turkman adiblarining asarlari dolzarb masalalarni o’rtaga tashlaydi?


    Identiv o’quv maqsadlari:

    1. O’zbek turkman xalqlarining qardoshlik tarixi haqida so’zlaydi

    2. Turkman folklori to’g’risida ma’lumot beradi.

    3. Turkman yozma adabiyoti xususida fikr yuritadi.



    1-asosiy savolning bayoni:

    Turkman xalqi Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan beri yashab kelayotgan, turkiy tilda so’zlashuvchi xalqlardan biridir. Turkman xalqining adabiyoti va madaniyati singari, folklor asarlari shaklida rivojlandi. Turkman xalqi asrlar davomida chet el bosqinchilari-eroniylar, arablar mo’g’ul istilochilari, Buxoro amirlari va Xiva xonliklari zulmi ostida qolib ketganligi sababli, turkman milliy adabiyoti va madaniyatining rivojlanishi uchun sharoit yo’q edi. Shunga qaramay turkman xalqi o’z milliy tilining sofligini saqlab qoldi, o’z milliy adabiyoti va madaniyatini taraqqiy ettirish uchun kurash olib bordi.


    Turkman xalq og’zaki ijodida ertak, ashula, qo’shiq va doston janrlari juda keng tarqalgan. Ashula va ertaklar turkman folklorida eng qadimgi janrlardan hisoblanadi. Keyinchalik xalq ertaklari syujetidan keng foydalanish asosida xalq qahramonlik va ishqiy –lirik dostonlar yuzaga keldi. Turkman xalq dostonlarining bir qismi sharq mumtoz adabiyoti asarlari va diniy kitoblar (masalan, «Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho») mazmunini qamrab olgan bo’lsa, bir qismi uchun ertaklar va rivoyatlarning syujetlari asosida manba bo’lib xizmat qilgan. («Shasenem va G’arib», «Zuhro va Tohir», «Asli va Karam») turkman xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyoti o’rtasida ko’p vaqtlardan beri uzviy bog’lanishlar mavjud. Yozma adabiyotning juda ko’p asarlari xalq dostonlari, ertaklari asosida yaratilgan. Turkman mumtoz adabiyotining ko’pgina namoyandalarini xalq og’zaki ijodi mualliflaridan ajratish qiyin. Turkman xalq og’zaki ijodida «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlar alohida o’rin tutadi. «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlarda hikoya qilinishicha, qadim zamonlarda Chambil mamlakatining hokimi Jig’alibek qarigan chog’ida hokimiyatni o’zining sevimli kichik o’g’li Adibekka topshiradi. Adibekning homilador xotini farzand ko’rish oldida vafot qiladi. Tez orada Adibek ham dunyodan o’tadi. Oradan ko’p o’tmay bir cho’pon Adibekning otasi podadagi echkilardan biri kunda qabristonga borib u erdagi nimaningdir bolasini emizib qaytishini habar qiladi. Tekshirib qarasalar, echki Adibekning xotini qabridagi bir o’g’il bolani emizib kelar ekan. Go’rda tug’ilgan bu bolaga Ravshan deb, boshqa birovlar esa Go’ro’g’li deb nom qo’ydilar. Go’ro’g’li yoshlikdan sog’lom va sho’x bola bo’lib o’sdi. Oradan bir qancha vaqt o’tib, bobosi bilan, Xunxor nomli podsho saroyida yashab yurgan paytlarida, podsho sinchilik vazifasida ishlagan Jig’alibekka yaxshi toy tanlashni buyuradi. Jig’alibek ko’rimsizgina bir toyni tanlaydi. Xunxor «sen menga yomon toyni tanlading» deb Jig’alibekni jazolaydi. Uning ikki ko’zini o’yib oladi. Shu sababli uni Go’ro’g’li deb ham ataydilar. Ravshan bobosi tanlagan va tarbiyalagan G’ir otda o’z yurtiga qaytib keladi.



    Download 0,99 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




    Download 0,99 Mb.