-  ob'ekt yoki jarayonlarni belgilovchi asosiy faktorlar orasidagi muhim bog‘lanishlarni aks  ettirish;  -




Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana15.05.2024
Hajmi432,25 Kb.
#233888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

ob'ekt yoki jarayonlarni belgilovchi asosiy faktorlar orasidagi muhim bog‘lanishlarni aks 
ettirish; 

berilgan aniq ma'lumotlar va munosabatlar asosida deduksiya uslubi orqali o‘rganilayotgan 
ob'ekt yoki jarayonlar uchun adekvat xulosalar olish

o‘rganilayotgan ob'ektning amaldagi kuzatilishiga uni bog‘lovchi faktorlarning matematik 
statistika usullari yordamida shaklini hamda bog‘liqligini o‘rganish jarayonida ob'ekt haqida yangi 
bilimlarga ega bo‘lish; 

o‘rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon holatini matematika tili orqali aniq va ravshan ifodalash. 
Hozirgi paytda matematik modellashtirish iqtisodiy tadqiqotlarda, amaliy rejalashtirishda va 
boshqarishda yetakchi o‘rin egallab, kompyuterlashtirish bilan chambarchas bog’langan. 
Matematika, kompyuterlashtirish sohalari, umumuslubiy va predmet fanlarining rivojlanishi 
natijasida matematik modellashtirish uzluksiz rivojlanib, yangi-yangi matematik modellashtirish 
shakllari vujudga kelmoqda. 
Ob'ekt (jarayon, voqea) ning matematik modeli kamida ikkita guruh elementlarini o‘z ichiga 
olgan matematik masaladan iborat bo‘ladi. Ulardan birinchisi - ob'ektning aniqlanishi kerak bo‘lgan 
elementi, ikkinchisi esa ma'lum shartlar asosida o‘zgaradigan elementlar. 
Matematik modellar o‘zining tashqi shartlari, ichki va topilishi zarur bo’lgan elementlari 
bo‘yicha funksional va strukturali qismlarga bo‘linadi. 
Funksional model 
- X ga qiymat berib, Y ning qiymatini olish bo‘yicha ob'ektning 
o‘zgarishini ifodalaydi. Bunda bog’lanish o’rinli bo‘ladi. 
Strukturali modellar 
ob'ektning ichki tuzilishini, uning tuzilish qismlarini, ichki 
parametrlarini va ular orasidagi bog’lanishlarni ifodalaydi. Strukturali modellarning eng ko‘p 
tarqalgani quyidagilardan iborat: 
a) hamma noma'lumlar ob'ektning tashqi shartlari va ichki parametrlari funksiyalari shaklida 
ifodalanadi: 
b) noma'lumlar 

tartibli (tenglamalar, tengsizliklar va hokazo) sistemalar yordamida 
aniqlanadi: 
Har doim ham (2) ko‘rinishdagi masalalar (1) ko‘rinishga keltirilavermaydi. Masalan, 
beshinchi yoki undan ortiq tartibli algebraik tenglamalarning umumiy yechimini (1) ko‘rinishda 
ifodalab bo‘lmaydi. 
Funksional va strukturali modellar bir-birini to‘ldiradi. Funksional modellarni o‘rganishda 
o‘rganilayotgan ob'ektning strukturasi haqida gipotezalar paydo bo‘ladi va shu bilan strukturali 


modelga yo‘l ochiladi. Ikkinchi tomondan esa, strukturali modellarni tahlil qilish ob'ektning tashqi 
o‘zgarish shartlarini takomillashtiradi. 
EHMning vujudga kelishi bilan modellashtirishning yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Model 
yaratish va unda tajribalar o‘tkazishda EHM katta rol o‘ynaydi. Bunday modellar 
imitatsion 
modellar 
deyiladi. Iqtisodiy jarayonlar va voqealarning matematik modellari 
iqtisodiy matematik 
modellar 
deyiladi. Amaliy maqsadlarda iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning 
umumiy xossalari va qonuniyatlari bo‘yicha 
nazariy-analitik modellarga
, konkret iqtisodiy 
masalalarni yechish (iqtisodiy tahlil, bashoratlash va boshqarish modellari) bo‘yicha esa 
tadbiqiy 
modellar
ga bo‘linadi. 
Iqtisodiy-matematik modellardan xalq xo‘jaligining turli sohalarini va ayrim qismlarini tadqiq 
etishda foydalanish mumkin. Masalan, iqtisodiy jarayonlarini modellashtirishda statistik usullar 
yordamida statistik modellar quriladi. Nazariy statistika asoslari yordamida esa indeksli, balansli va 
korrelyasion-regression modellar quriladi. 
Korrelyasion-regression tahlil yordamida belgilar o‘rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi 
regressiya tenglamasi aniqlanadi va uni ma'lum ehtimol (ishonch darajasi) bilan baholash, 
bog’lanish zichligini aniqlash o‘rganiladi. Masalan, 

va 

o‘rtasidagi korrelyasion bog’lanish uchun 
regressiya tenglamasi 




kx 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, bu yerda 

va 

– kuzatish 
natijalari asosida aniqlanadigan regressiya tenglamasi koeffitsientlari. 
Qo‘llaniladigan matematik modellar har xil bo‘lgani uchun ularning umumlashgan tasnifini 
tuzish qiyin. Odatda adabiyotlarda keltirilgan tasniflar asosida har xil yo‘llar yotadi. Shunday 
yo‘llardan biri modellashtirilayotgan jarayonning tavsifi bilan bog‘liq bo‘lib, unda determinlashgan 
(aniq) va ehtimollik modellarga ajratiladi. Matematik modellarning bunday keng tarqalgan tasnifi 
bilan bir qatorda boshqalari ham mavjud. 

Download 432,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-  ob'ekt yoki jarayonlarni belgilovchi asosiy faktorlar orasidagi muhim bog‘lanishlarni aks  ettirish;  -

Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish