Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni




Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana15.05.2024
Hajmi432,25 Kb.
#233888
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3.
 
Modellarni sinflari 
Fizik modellar. Modellarni sinflarga ajratishga asos qilib, modelni orginaldan abstraktsiyalash 
(mavxumlash) darajasi olingan. Dastlab hamma modellarni ikki guruhga ajratish mumkin. Moddiy 
(fizik) va abstrak (matematik). 
Fizik model deb orginalga ekvivolent yoki o’xshash bo’lgan tizmlar tushiniladi. Boshqacha 
aytganda ishlash jarayoni orginalga o’xshash bo’lgan u yoki bu fizik tabiatga ega bo’lgan tizmlarga 
aytiladi. Fizik madellarni quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin: naturali, kvazinaturavi, masshtab va 
analog modellar. 
Naturaviy modellar - bu Real tadqiq etilayotgan tizmlardir. Ularni maketlar yoki tajriba 
ko’rinishi deyiladi. Bunday modellar tizm - orginallarga to’la adekvat bo’ladi va natijada 
modellashtirish natijalarini yuqori aniqligini va ishonchliligini ta'minlaydi. 
Xisoblash tizmlarini loyixalash jarayoni tajriba ko’rinishlarini sinash bilan yakunlanadi. 
Kvazinaturaviy modellar -naturaviy va matematik modellar majmuasidan iborat. Masshtab 
modellar - bu orgenallik qanday fizik tabiatga ega bo’lsa shunday tabiatli tizim bo’lib, faqat 
masshtablari bilan farqlanadigan tizimdir. Masshtab modellashtirishni uslubiyat asosi bo’lib, 
o’xshashlik nazariyasi olingan. Bu nazariya bo’yicha orginal bilan model geometrik o’xshashlik 
saqlanishi lozim va ularni parametlari mos masshtablarda bo’lishi lozim. 
Analog modellar - deb shunday modellarga aytiladiki, orginaldan fizik tabiatga nisbatan farq 
qiluvchi, ammo ishlash jarayoni orginalga o’xshash bo’lgan modellarga aytiladi. Bunday 
modellarda asosiy shartlardan biri bu o’rganilayotgan ob'ekt bilan model parametrlari orasida bir 
qiymatli mos kelishlik bo’lishi, hamda bu tizmlardagi jarayonlarni o’lchamga ega bulmagan 
matematik yozilishi ayniyat shaklida bulishi zarur. Analog modellarni yaratish uchun 
o’rganilayotgan tizmlarni matematik tafsiflash zarur. Analog modellar sifatida mexanik, gidravlik, 
pnevmatik tizimlar ishlatilishi mumkin. Ammo ko’pgina xollarda elektr va elektron analog modellar 
keng qo’llaniladi. Chunki tokni kuchi va kuchlanish boshqa tabiatga ega bo’lgan fizik kattaliklar 
analogi bo’ladi. Analog modellarni asosiy xususiyatlari parametrlarni miqdoriy o’zgarishi va 
o’lchamlariga adaptasiya (moslashtirish) qilinishi sodda va tezkordir. Analog modellar xisoblash 
texnikasini vositalarini mantiqan elementlar va elektr zanjirlari satxida tadkikot o’tkazishda yoki 
tizm satxida tizimlar ishlashi, masalan: differentsional yoki algebrik tengliklar yordamida yozilish 
sathida foydalaniladi. 
Matematik modellar-matematik model tizimini abstrakt tilda formal tafsiflashdan iborat. 
Masalan, xususan tizmni ishlashini matematik ifodalar yordamida modelni yaratish uchun ixtiyoriy 
matematik vositalar - algebrik, differentsial va integral xisoblash, to’plamlar nazariyasi, algoritmlar 
nazariyasi va boshqalar ishlatilishi mumkin. Mohiyati bo’yicha hamma matematika ob'ekt va 
jarayonlarni modellarini yaratish va tadqiq etish uchun yaratilgan. 
Modellashtirish maqsadi va orginalning xarakterli tomonlari modellarni jixatlarini va ularni 
tadqiq etish usullarini aniqlaydi. Masalan: matematik modellarni deterministik va ehtimolilik 
(staxastik) sinflarga ajratish mumkin. Birinchisi modelni xarakteristikasi va parametrlari orasidagi 
o’zaro mos kelishlikni aniqlasa, ikkinchisi bu kattaliklarni statistik kiymatlari orasidagi moslikni 
aniqlaydi. U yoki bu turdagi modelni tanlash tasodifiy faktorlarni xisobga olish zarurligi darajasiga 
asoslangan. Matematik modellarni tadqiq etish usullari kuyidagi turlarga bo’linadi; analitik, sonli, 
imitasion. 
Analitik model deb tizmni shunday formal tavfsiflashga aytiladiki, ma'lum matematik 
apparatdan foydalanilgan xolda tenglama yechimini yaqqol ko’rinishda olish imkonini beradi. 
Sonli model - shunday turdagi bog’lanish bilan xarakterlanadiki, anik boshlang’ich sharoitlar 
va modelni miqdoriy parametrlari uchun faqat xususiy yechimlarini topish imkonini beradi. 
Imitasion model - bu tashqi va ichki ta'sirlar ostidagi tizmlarni yozish majmuasi va tashqi 
ta'sirlar, tizmning ishlash algoritmlari yoki tizimni xolatlarini o’zgarish qoidasidan iborat. Bu 
algoritm va qoidalar mavjud bo’lgan anatomik va sonli yechimlarni aniqlashni imkonini bermaydi, 
ammo tizimni ishlash jarayonini imitasiya qilish (ko’chirish) va qiziqtirayotgan xarakteristikalarni 
(ko’rsatkichlarni) o’lchash yoki aniqlash imkonini beradi. 


Imitasion modellar anatomik va sonli modellardan farqliroq keng sinfdagi ob'ekt va jarayonlar 
uchun yaratilishi mumkin. Imitasion modellardan foydalanish uchun odatda imitasion modellarni 
tasvirlash (yozish) vositalari universal yoki maxsus algoritmik tillar xizmat qiladi. Imitasion 
modellar ko’prok darajada xisoblash tizmlarini pog’onada tadqiq etishga mo’ljallangan. 

Download 432,25 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni

Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish