xususiyatlarini o'rganishni aniqlashni tezlashtirish, soddalashtirish, narxini kamaytirish imkonini
beradi. Umuman ob'ekt-original sifatida ixtiyoriy tabiy yoki sun'iy, Real (xaqiqiy) yoki xayoliy tizm
bo'lishi mumkin.
Modellashtirish usuli xozirgi zamonda ko’pdan ko’p olimlar tomonidan tadbiq etilmoqda.
Misol
sifatida mexanika, fizika (qattiq jismlar) ximiya, biologiya, medisina, iqtisodiyot va boshka
soxalarni ko’rish mumkin. Modellashtirish kontsepsiyasidan maqsad asosan modellarni nazariya
yaratish jarayoniga kiritishdan iboratdir, chunki ideal modellar nazariyani boshlang’ich bosqichi
bo’lishi mumkin yoki nazariyani interpretasiya qilish modeli xam bo’lishi mumkin.
Gipotezalar nazariyaning ideallashtirilgan ob'ektlardan farkli bulib, nazariyani interpretasiya
kilish modeli yoki dastlabki pogonadagi model ko’rinishida tasvirlash mumkin. Gipotezalar
shakillantirilayotgan modellarni dastlabki qadamlari (pog’onalari) sifatida ko’rilishi mumkin.
Dastlabki modelni ishlab chiqishda tadqiqotchi intuisiyasi katta rol o’ynaydi. Boshlang’ich
vaqtlarda katta mikdordagi modellar oldinga surilishi mumkin. Ammo tadqiq etish jarayonida
ularning soni kamayadi.
Model bilan ishlash shakli sifatida xayoliy tajriba ko’riladi.
Ayrim xollarda xayoliy
tajribalarni ideallashtirilgan deyiladi, chunki ular Real tajribalar bilan bog’liqdir. Ma'lum miqiyosda
xayoliy tajriba Real tajribani ma'lum tomonlarini (xususiyatlarini) xayoliy obrazli rekonstruktsiya
qilishdan iboratdir. Chunki, aytiladiki "fikirlash ongda tajriba o’tkazish maxsulidir". Xayoliy tajriba
shartsiz ravishda xaqiqiy tajribaga qaraganda qulaydir. Fikrlar bizda xar doim mavjud va xaqiqatga
nisbatan ongda tajribalarni yig’ish (to’plash) onsondir. (Engelmayer so’zlari bo’yicha).
Tajriba ob'ekt orginalni ma'lum tomonlarini (xususiyatlarini) modelda aks ettirishni
adekvatlik kriteriyasi bo’lib kelmoqda. Tajriba xakam rolida bo’lib, model yordamida olingan
ta'savurlarni olib qolish yoki tashlab yuborish to’g’risida yechimini qabul qiladi.
O’rganilayotgan xodisa, jarayon yoki ob'ektni matematik ifodalar (munosabatlar) va
formulalar yordamida ta'savvur etish jarayoni matematik model deyiladi. Tadqiq etilayotgan
ob'ektni modellashtirish ob'ektni shakillashtirishdan boshlanadi, ya'ni mos matematik modelni
tuzishdan iborat. Buning uchun uning axamiyati kasb etgan tomonlari (xususiyatlari) ajratib olinadi
(tanlanadi) va matematik munosabatlar yordamida yoziladi.
Matematik model tashkil etilgandan so’ng, ya'ni masalaga matematik shakl berilgandan so’ng
Real ob'ekt (yozuv stoli) to’g’ri burchakli abstrakt matematik modeli bilan almashtirilgan.
To’g’rito’rt burchakka o’lchovlar berilgan. Bu o’lchovlar o’lchash natijasida olingan va bunday
to’g’riburchakning yuzi qidirilayotgan yuzaning taxminiy qiymati olinadi. To’g’ri to’rtburchak
modelini tanlash biz asosan o’zimizning ko’rish xususiyatlarimizga asoslanadi. Ammo inson ko’zi
yuqori aniqlikka ega bo’lgan o’lchash asbobi emas.
Modellashtrish asosan modelda tadqiq qilishga xalaqit beruvchi orginalni alomatlari mavjud
bo’lmagan
xollarda, yoki modelni xususiyatlarini o’rganish va belgilash imkonini beruvchi
parametrlar mavjud bo’lganda maqsadga muvofiqdir.
Modellashtirish nazariyasi o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan nizomlar, ta'riflar, modellarni
yaratish va tadqiq etish usullari, vositalri to’plamidan iborat. Bu nizomlar, ta’riflar, usullar, vositalar
va modellar modellashtirish nazariyasini predmetini tashkil etadi.
Modellashtirish
nazariyasini
asosiy masalasi
tadqiqotchilarni
modellarni
yaratish
texnologiyasiga o’rgatishdan iborat. Bunday texnologiya orginallarini o’rganilayotgan
xususiyatlarini yetarli aniqlik va to’la ravishda tadqiq etish imkoniyatini beradi.
Ob'ekt -original sifatida asosan xisoblash tizmlari ko’rilgan bo’lib, modellashirishni predmet
soxasini tashkil etadi. Xisoblash tizmi tushunchasi bu yerda keng ma'noga ega bo’lib, bir prosessorli
ma'lumotlarni qayta ishlash tizmidan turli dasturiy ta'minotli taqsimlangan xisoblash tizmlarigacha
va turli vazifalarga mo’ljallangan tizmlar kiradi. Xisoblash tizmlari - bu sun'iy,
muxandislik tizmlari
bo’lib, uning xamma parametri ma'lum. Demak, bu parametrlarni tadqiq etish, aniqlash imkoni bor.
Shuning uchun xisoblash tizmlarini modellashtirishni printsipial imkoni bor.
Modellashtirishni ilmiy qidiruv ishlarida, muxandislik ijod soxasida va umuman inson
xayotida baholash murakkab masaladir. Ixtiyoriy har qanday tizmni bilish yoki o’rganish mohiyati
bo’yicha uning modelini yaratishga olib kelinadi. Xar bir qurilma yoki inshoatni yaratishdan avval
uning model loyihasi ishlab chiqiladi. Sa’noatni xar qanday asari xaqiqiy dunyoni borlikni
belgilovchi modeldir. Inson biror bir xarakat qilishdan oldin mumkin bo’lgan xarakatlar ketma-
ketligini o’ylab ko’radi yoki sinovdan o’tgan xarakatlar modeli bo’yicha boshqaradi.
Konstruktiv modellar, ya'ni sistemani xarakteristikalarini uning parametrlariga bog’lanishni
tadbiq etuvchi va xususiyatlarini belgilash imkoni beruvchi modellar aloxida ahamiyat kasb
etadilar.
Bunday
modellar
tizmlarini
ishlashini
optimallashtirish
imkonini
yaratadi.
Optimallashtiruvchi modellar-murakkab tizmlar nazariyasini asosini tashkil etadi.
Modellashtirish ilmiy bilish usuli va texnik masalalarni yechish usuli sifatida xar doim yuqori
baholanib kelingan. Texnikani rivojlantirish bilan mexanizm, mashina va inshoatlar fizik
modellashtirish keng qo’llanila boshlandi.
Matematikaning yutuklari turli tabiatga ega bo’lgan ob'ekt
va jarayonlarni matematik
modellashtirishni keng kulamda tarqalishiga olib keladi. Shuni aytib o’tish kerakki, fizik tabiati
turlicha bo’lgan tizmlarni ishlash dinamikasi bir turdagi bog’lanishlar yordamida yoziladi, ya'ni bir
turdagi modellar yordamida tasvirlash yoki ifodalash mumkin. Turli -tuman tizmlarni tahlil va
sintez qilishda muhandislar foydalanadigan xisoblash formulalari bunday tizmlarni matematik
modellardan keltirib chiqarilgan.
Imittasion modellashtirish uslubiyatini ishlab chiqish natijasida modellashtirish yanada sifatli
yangi pog’onaga ko’tarildi. Bu shundan iboratki, modellashtirish yordamida tadqiq etiladigan
tizmlar sinfi yanada kengaydi. Xozirgi zamonaviy xisoblash texnikasini yangi imkoniyatlarini
chuqurlashuvi va kengayishi modellashtirishdan foydalanish soxalarini yanada kengayishiga va
rifojlanrishiga olib keladi. Xozirgi sharoitlarda ilmiy-texnik progressni jadallashuvi natijasida
chegaralangan moddiy, ish, energetik va vaqt resurslari asosida yukori
samaradorlikka erishish
shartlari bo’yicha modellashtirish aloxida ahamiyatga ega bo’lmokda.
Xozirgi davrda modellashtirish qo’llanilmaydigan inson faoliyati soxasini topish qiyindir.
Masalan, avtomobillarni ishlab chiqarish modeli, bug’doyni yetishtirish, inson organlarini ishlash
modellari, Azov dengizini xayot faoliyati, atom urishining oqibatlari va x.k. Kelgusida xar bir
tizmni o’zining modellari yaratilishi mumkin, xar bir texnik yoki tashkiliy loyixani ishlatishdan
(qo’llanishdan) avval uni modellashtirish zarur.
Mutaxassislarni aytishi bo’yicha xisoblash tizmlarining asosiy vazifasi modellashtirishdan
iborat buladi. Xaqiqatdan xozirgi davrda xisoblash texnikasini amaliyotda
tadbiq etish texnologik
jarayonlarni boshkarishni avtomotlashtirilgan tizmlarga, tashkiliy-iqtisodiy komplekslari va
loyixalash jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizmlarini hamda ma'lumotlar omborini
keng ko’lamda yaratish kabi yo’nalishlarda qo’llanilmokda. Ammo har qanday boshqarish tizmi
boshqariladigan ob'ekt yoki jarayon xaqidagi axboratga muxtoj bo’ladi. Shuning uchun xisoblash
texnikasi modellashtirish uchun ishlatish (foydalanish) birinchi darajali axamiyatga egadir.
Xisoblash tizmlari murakkab va qimmat baxoga ega bo’lganliklari uchun moslashtirish
ob'ektlari bo’lishlari mumkin va zarur.
Modellashtirish xisoblash tizmlarini loyixalash bosqichida, mavjud ishlatilayotgan tizmlarni
ishlashini elektromol sharoitlarda taxlil etish yoki tizmni tarkibi, strukturasi, boshqarish turlari yoki
ish xajmini o’zgarishini o’rganish jarayonlari uchun foydalaniladi. Dastlab
tanlab olingan loyixa
yechimini taxlil qilish modellashtirish bilan amalga oshiriladi. Bu esa uz navbatida kelajakdagi
tizmning kutiladigan xarakteristikalarini aniqlashni imkonini beradi, uning kuchli va kuchsiz
tomonlarini aniqlashga asos bo’ladi. Agar uning xarakterstikalari qo’yilgan talablarni
qanoatlantirmasa taxlil asosida loyixada o’zgartirishlar kiritiladi. So’ngra yana modellashtirish
o’tkaziladi. Bu jarayon ishlab chikilayotgan tizmni ishlash sifat kursatkichlari talab darajasiga
yetguncha davom ettiriladi.
Xozirgi davrda ishlab turgan tizmlarni modellashtirish yordamida tizmlarni ishlash jarayonini
chegaraviy shartlarini aniqlashda, ekstrimal sharoitlarni imetasiya qilishda foydalaniladi. Bunday
sharoitlari sun'iy yaratish bir qancha qiyinchiliklarga olib keladi va noxush oqibatlarga olib kelishi
mumkin.