• - dastlabki malumotlarni tayyorlash
  • - sonli yechimlar
  • - sonli natijalar tahlili va uning tadbiqlari
  • - modelni matematik tahlil qilish




    Download 432,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/12
    Sana15.05.2024
    Hajmi432,25 Kb.
    #233888
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    web vulnerability list, event log windows analays, ltJrSMDBmrAItKhWRN0vRCBNmP6w4Wbknmkeumeb, 030029 1 5.0210751, Text of lecture 11
    - modelni matematik tahlil qilish: 
    bu bosqichning maqsadi – modelning umumiy xossalarini 
    ifodalashdan iborat. Bu yerda tadqiqotlarning matematik usullari qo‘llaniladi. Eng muhim joyi – 
    tuzilgan modellarning yechimga ega ekanligini isbotlashdan iboratdir. Agar matematik masalaning 
    yechimga ega emasligi isbotlansa, u holda qo‘yilgan matematik model rad etiladi. Shunga muvofiq, 
    masalaning qo‘yilishi yoki matematik modelning boshqacha ko‘rinishlari tadqiq etiladi. Modellarni 
    analitik tadqiq etish ularni empirik tadqiq qilishga nisbatan ustunlikka ega, chunki olingan xulosalar 
    modellardagi ichki va tashqi parametrlarning har xil qiymatlarida ham o‘z kuchini saqlaydi. 
    Umuman olganda, murakkab masalalar qiyinchiliklar bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi. Agar 
    ularni analitik usullarga keltirib bo‘lmasa, u holda masalani sonli usullardan foydalanib yechiladi. 
    - dastlabki ma'lumotlarni tayyorlash: 
    modellashtirishda ma'lumotlar tizimiga muhim 
    talablar qo‘yiladi. Shu bilan birgalikda, ma'lumotlarni olish uchun real imkoniyatlar amaliy 
    maqsadlarga mo‘ljallangan modellarni tanlash uchun ma'lum chegaralar qo‘yadi. Ma'lumotlarni 
    tayyorlash jarayonida ehtimollar nazariyasi, matematika, statistika, nazariy statistika usullaridan 
    keng ko‘lamda foydalaniladi. 
    - sonli yechimlar: 
    bu bosqich qo‘yilgan masalani sonli yechish uchun algoritmlar, kopyuter 
    uchun dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Odatda iqtisodiy-
    matematik modellarda hisob-kitob ishlari ko‘p variantli xarakterga ega. 
    Zamonaviy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bu ishlarni yengillashtirdi. Sonli usullar 
    yordamida qilingan tadqiqotlar analitik tadqiqotlarni to‘ldiradi. Hozirgi paytda sonli usullar bilan 
    yechiladigan iqtisodiy masalalar sinfi analitik tadqiqotlarga nisbatan ko‘proq hisoblanadi. 
    - sonli natijalar tahlili va uning tadbiqlari: 
    bu bosqichda modellashtirish natijalarining 
    to‘g‘riligi va to‘laligi haqidagi savollarga javob olinadi. Nazariy xulosalar va model yordamida 
    bevosita olingan sonli natijalar o‘zaro taqqoslanadi. Shunga qarab, qo‘yilgan masala va 
    modellarning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi. 
    Matamatik model aniqlangandan so‘ng, unda ishtirok etayotgan faktorlarning natijaviy 
    belgiga ta'sirining mukammalligi baholanadi. Agar model va unga kiritilgan barcha faktorlar talab 
    etilgan ehtimol bilan ahamiyatli bo‘lsa, u 
    adekvat model 
    deyiladi. 
    Model adekvat bo‘lmagan holda uning ko‘rinishi o‘zgartiriladi. Yangi model oldingisidan 
    ahamiyatsiz faktorlarni chiqarish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu natijalar asosida modellarni 
    takomillashtirish, ularni axborot va matematik ta'minlash yo‘nalishlari aniqlanadi. 


    Agar bitta 

    Download 432,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 432,25 Kb.
    Pdf ko'rish