faktor ning qiymatini o‘zgaruvchi deb qarab, qolganlarini shartli ravishda  o‘zgarmas deb qarasak,  bir faktorli




Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana15.05.2024
Hajmi432,25 Kb.
#233888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
faktor
ning qiymatini o‘zgaruvchi deb qarab, qolganlarini shartli ravishda 
o‘zgarmas deb qarasak, 
bir faktorli 
matematik model qurishimiz mumkin. 
Agar hamma faktorlarni o‘zgaruvchi deb qarasak, 
ko‘p faktorli 
matematik modelga ega 
bo‘lamiz. 
Matematik modellar o‘z navbatida 
statik 
va 
dinamik 
matematik modellarga bo‘linadi. 
Agar matematik modelning faktorlari ham o‘zi ham tasodifiy bo‘lmasa, bunday model 
regression model 
deyilib, bunday modelni qurish jarayoni 
regression tahlil 
deyiladi. 
Agar matematik modelning faktorlari ham o‘zi ham tasodifiy bo‘lsa, bunday model 
korrelyasion model 
deyilib, bunday modelni qurish jarayoni 
korrelyasion tahlil 
deyiladi. 
Model turlari. Modelni tanlash vositalariga qarab umumiy uch guruhga ajratish mumkin: 
abstrakt, fizik va biologik modellar. 
Modellarning to‘laroq mazmuni bilan quyida tanishtirib o‘tiladi: 
Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik 
modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar 
kiritiladi. 
Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, 
ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, 
samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘la 
oladi. 
Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy 
vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 
Matematik modellar. Tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi vazifasiga oid 
qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma’lumotlariga 
ko‘ra yoki mantiqiy asosida tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. 
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o‘rganish tekshirilayotgan 
biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba’zan juda qiyin kechadi. 
Biologik model turli tirik obyektlar va ularning qismlari-molekula, hujayra, organizm va shu 
kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, 
asosan biologik, fizik va matematik modellardan foydalaniladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy modellar taxminan, 18-asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening “Iqtisodiy 
jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini 
ko‘rsatishiga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun 
har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi 
modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish 
bilan bandlik, iste’mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil 
qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik 
vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, 
asosan, matematik modellardan foydalaniladi. 
Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o‘tkazish haqiqiy obyektga tajribada 
tadbiq etish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda 
o‘tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy obyekt ustida olib boriladigan 
tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni 
keltirish mumkinki, kompyuterda o‘tkazilgan hisoblash tajribasi o‘rganilayotgan jarayon yoki 
hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, faqat 
matematik modellashtirish va kompyuterda hisoblash tajribasini o‘tkazish yo‘li bilan yadroviy 
urushning iqlimga ta’siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli 
urushda mutlaq g‘olib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Kompyuterli tajriba Yer yuzida bunday urush 
oqibatida salbiy ekologik o‘zgarishlar, ya’ni haroratning keskin o‘zgarishi, atmosferaning 
changlanishi, qutblardagi muzliklarning erishi ro‘y berishi, hatto, Yer o‘z o‘qidan chiqib ketishi 
mumkinligini ko‘rsatdi. 


Ma’lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu ma’lumotlar omboriga 
joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish lozim. 
Ma’lumotlar omboridan kerakli savollarga javob olish va ma’lumotlarga turli o‘zgartirishlar kiritish 
uchun ham uning umumiy tuzilishini bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma’lumotlar omborida 
qanday ma’lumotlar borligini bilsangizgina, ularga mos savollarni qo‘ya olasiz. 
Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmui ma’lumotlar modeli deb ataladi. 
Ma’lumotlar modellari shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar quyidagi talablarni bajarishi 
kerak:
Soddalik. Ma’lumotlar modeli kam sondagi bog‘lanishli tuzilish turlariga ega bo‘lishi lozim. 
Yaqqollik. Ma’lumotlar modeli vizual (ko‘zga ko‘rinadigan, tasvirlanadigan) bo‘lishi kerak. 
Qismlarga bo‘linishi. Ma’lumotlar modeli ma’lumotlar omborida oddiy o‘rin almashtirish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 
O‘rin almashtirish. Ma’lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar bilan almashtirish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Erkinlik. Ma’lumotlar modeli aniq bo‘laklarnigina o‘z ichiga olmasligi lozim. 
Yuqorida ko‘rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta’minlay olmaydi. 
Chunki modellashtirishda haqiqiy obyektning ba’zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok etadi 
xolos. 

Download 432,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



faktor ning qiymatini o‘zgaruvchi deb qarab, qolganlarini shartli ravishda  o‘zgarmas deb qarasak,  bir faktorli

Download 432,25 Kb.
Pdf ko'rish