Matematik modellarni iqtisodiy qonuniyatlarni o‘rganishga tadbiq etish -
iqtisodiy matematik
modellashtirish
, bu modellarni amaliyotga qo‘llash esa
iqtisodiy-matematik usullar
deyiladi.
Matematik modellar ko‘p narsani o‘z ichiga olish xususiyatiga ega.
Iqtisodiy tadqiqotlarda ham modellashtirish usullari muhim rol uynaydi. Modellashtirish va
modellar o‘zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab moddiy va abstrakt deb ataluvchi sinflarga
bo‘linadi.
Moddiy modellar
asosan o‘rganilayotgan ob'ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki
funksional xarakteristikalarini ifodalaydi. Masalan, ob'ektning kichiklashtirilgan maketi (masalan,
avtomobil, bino, texnologik mashina) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga
misol bula oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish
(optimallashtirish), ularni joylashtirish va foydalanish yo‘llari o‘rganiladi. Umuman olganda,
moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo‘lib, texnika fanlarida keng qo‘llaniladi.
Abstrakt (ideal) modellar
inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, ular tushunchalar, gipotezalar
va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida asosan
abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi. Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma'lum tillarga
asoslangan belgilar majmuidan iborat. O‘z navbatida belgili abstrakt modellar matematik va logik
tillar shaklidagi matematik logik modellarni ifodalaydi.
Matematik modellashtirish
turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik bog’lanishlarni
ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir. Turli sohalarda matematika va
matematik modellashtirish usullarini qullanilishi, asosan, quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: