|
Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc
|
bet | 3/19 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 156,51 Kb. | | #159955 |
Bog'liq Автореферат Исмоилов С 21.09.23Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash raisi,
yuridik fanlar doktori, professor
G‘.Z.Ikmatullayev
Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash kotibi,
Pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD)
Z.SH.Alivardonov
Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash qoshidagi
ilmiy seminar raisi,
Pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda demokratik huquqiy davlatni barpo etish, fuqarolarning farovonligini ta’minlashda aholining huquqiy ongi va madaniyati yuqori bo‘lish asosiy omillardan biri sanaladi. Huquqiy ong va madaniyatning yuqoriligiga esa ta’lim jarayonining har tomonlama sifatliligi, nazariy bilimlar bilan birgayamaliy ko‘nikmalarni hosil qilish orqali erishiladi. Ta’lim jarayonlarida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda ijtimoiy sheriklikni keng qo‘llash, bunda “qonunga itoatkorlik”, “teng huquqlilik”, “ochiqlik va shaffoflik”, “xolislik”, “o‘zaro hurmat” hamda “zimmaga majburiyatning ixtiyoriy olinishi” kabi prinsiplarga rioya etish, ta’lim berish jarayonida ota-ona, davlat va jamoat tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Bu borada Britaniya da ota-onalar va maktab hamkorligi (Parent School Partnership, PSP), Fransiyada1300 davlat umumta’lim maktablari ishtirokidagi “Ota-onalar uchun ko‘rsatmalar” (Mallettye des parents), Shotlandiyada ota-onalar o‘qituvchilar bilan birgalikda farzandlari o‘qiyotgan maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun ota-onalar va o‘qituvchilari uyushmalarini (Parent Teacher Associations, PTAs) kabi tashkilot va dasturlar amal qiladi.
Jahonda ta’lim jarayonlaridagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda tadbirlari sifatida turli o‘quv kurslari va bu kurslarning nazariy va amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Ispaniyada 2003 yildan buyon “Fuqarolik ta’limi va inson huquqlari” o‘quv darsi joriy yetilgan bo‘lib, bunda ijtimoiy sheriklik asosida o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarda amaliyotchi huquqshunoslar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va boshqa soha mutaxassislari ishtiroki ta’minlanadi. Biroq shunga qaramasdan, hozirgi kunda ta’lim jarayonlarida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik darajasini yuqori deb bo‘lmaydi. Bunda ta’lim muassasalari va huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarning yetarli darajada emasligi, ko‘pchilik holatlar ta’lim muassasasi uchun biriktirilgan mas’ullar tomonidan tashkiliy ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi, ta’lim oluvchilarga, asosan nazariy bilimlar berilayotganligi, ularning huquqiy bilimlari amaliy jihatdan yetarli emasligi, huquqiy ong va madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarning doimiy tub kasb etmasligi, ta’lim muassasalarida huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish faqat muayyan bayramlar arafasida amalga oshirilishi kabi masalalar ilmiy-amaliy jihatdan o‘z yechimini topishi lozim.
Mamlakatimizda ta’lim jarayonlarida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarda ijtimoiy sheriklik prinsiplari: tenglik, ochiqlik va shaffoflik, majburiyatlarni ixtiyoriy zimmaga olish, hammaboplik va mustaqillik kabi qoidalarning to‘liq ifodalanishi ko‘zga tashlanmaydi. Chunki, ko‘p o‘rinlarda ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarda mazkur tamoyillarga rioya qilmaslik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ta’lim muassasasi huquqiy tadbirlariga bepisandlik bilan qarash, o‘quvchilar va yoshlar bilan ishlashda erkinlik va mustaqillik kabi prinsiplarga amal qilmaslik holatlari mavjud. Bundan tashqari, bugungi kunda ta’lim muassasalarida ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish uchun tegishli bitim va shartnomalar tuzish, tuzilganlarining shartlariga amal qilish, ijtimoiy sheriklik bitim va shartnomalarning mazmuni, ularni rasmiulashtirish talablari borasida ham qonunchilik va amaliyot darajasida aniq tafsiya va ko‘rsatmalar mavjud emas. Ta’lim muassasalari tomonidan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar (uchrashuv, konferyensiya, anjuman, mastyer klass, suhbat va shu kabilar) rejasini ijtimoiy sheriklik shartnomasi tuzish yo‘li bilan belgilash amaliyoti ham mavjud emasligi bu boradagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar zarurligini ko‘rsatadi.
О‘zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitusiуаsi (1992), “Ijtimоiу shеriklik tо‘g‘risidа”gi (2014), “Tа’lim tо‘g‘risidа” gi (2020), О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019 уil 9 уаnvаrdаgi “Jаmiуаtdа huquqiу оng vа huquqiу mаdаniуаtni уuksаltirish tizimini tubdаn tаkоmillаshtirish tо‘g‘risidа”gi PF-5618-sоn, 2019 уil 8 оktуаbrdаgi “О‘zbеkistоn Rеspublikаsi оliу tа’lim tizimini 2030 уilgаchа rivоjlаntirish kоnsеpsiуаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi PF-5847-sоn, .2022 уil 28 уаnvаrdаgi PF-60-sоn 2022-2026 уillаrgа mо‘ljаllаngаn уаngi о‘zbеkistоnning tаrаqqiуоt strаtеgiуаsini "Insоngа е’tibоr vа sifаtli tа’lim"dа аmаlgа оshirishgа оid Dаvlаt dаsturi tо‘g‘risidа”gi PF-60-sоn, 2022 уil 11 mауdаgi “2022 – 2026 уillаrdа хаlq tа’limini rivоjlаntirish bо‘уichа milliу dаsturni tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi PF-134-sоn fаrmоnlаri vа sоhаgа оid bоshqа qоnun hujjаtlаrining ijrоsini аmаlgа оshirishgа ushbu dissеrtаsiуа tаdqiqоti muаууаn dаrаjаdа хizmаt qilаdi.
|
| |