Jarayonlarni boshqarishning mazmuni va mohiyati




Download 465.5 Kb.
bet3/94
Sana31.07.2021
Hajmi465.5 Kb.
#16327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1. Jarayonlarni boshqarishning mazmuni va mohiyati.



    1. Operatsion faoliyat va operatsion funksiya tushunchasi.

Jarayonlar menejmenti - bu bevosita resurslardan yakuniy natijalar xisoblangan mahsulot va xizmatlar yaratish jarayonini boshqarishdir.

Ma’lumki, boshqarish tizimi umumiy xolda ikki qismdan: boshkaruvchi va boshqariluvchi qismlardan tashkil topgan. Boshkaruvchi qism faoliyati boshqariluvchi ob’ektni barkaror xolatni saklash yoki sifat jixatdan yangi xolatga utkazish uchun boshkaruv ta’sirini kursatishga karatilgan. Boshqariluvchi qismda bevosita resurslardan tayyor mahsulot va xizmatlarga aylanish jarayonlari yuz beradi. Aynan shu jarayonlarni to’g’ri tashkil kilish butun boshkaruv tizimi faoliyatining samaradorligi va muvaffakiyatini belgilaydi. Shu sababli, ushbu fan jarayonlarni loyihalashtirish, to’g’ri tashkil kilish, uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirish kabi kator masalalarni xal kilishga karatilgan.

Jarayonlar menejmenti tizimining asosiy elementlari quyidagilardir:

- boshkaruv tizimining tashkiliy strukturasi (boshkaruvchi qism);

- jarayon strukturasi (boshqariluvchi qism);

- korxona faoliyatini prognozlash va rejalashtirish;

- asosiy jarayonlarni tashkil kilish;

- yangi mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashni tashkil etish;

- marketing strategiyasini amalga oshirish.

Korxonalar faoliyatining barkarorligiga va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarga makromuxit, xududning infrastrukturasi, korxonaning ichki muxiti kiradi.

Menejment sistemasining "kirish" omillariga metodik, me’yoriy, loyiha-konstruktorlik va boshka xujjatlar, xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar, yokilgi- energetika resurslari, asbob uskunalar, mexnat resurslari, tashki axborot kiradi.

Jarayonlar menejmenti tizimining "chikish"ida - aytilgan muddatlarda va mikdorlarda, kuyilgan talablarga javob beradigan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (kursatilgan xizmatlar) turadi.

Menejment tizimidagi jarayonlarni okilona tashkil etishda avvalo, marketing tadqiqotlari asosida "chikish"ni aniklashtirib olish, sungra tashki muxit va "kirish" darajasini taxlil kilish, pirovardida jarayonning sifatini ta’minlash zarur buladi.

Operatsion funksiya tashkilot tomonidan tashki muxitga etkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarni yaratish uchun amalga oshiriladigan xarakatlarni uz ichiga oladi. Operatsion funksiyalar barcha tashkilotlarga xos bulib, ularsiz tashkilotlar faoliyat kursatishlari mumkin emas.

"Jarayonlar" (operatsiyalar) va "ishlab chiqarish" atamalari bir-birining urnini bosuvchilardir. Lekin ishlab chiqarish deyilganda asosan mahsulotlar ishlab chiqarish va xom-ashyoni kayta ishlash tushuniladi. "Jarayonlar" atamasi esa kengrok ma’noga ega bulib, mahsulotlar ishlab chiqarishnigina emas, balki xizmatlar kursatish va boshkalarni xam uz ichiga oladi.

Tashkilotlar bir-birlaridan operatsion funksiyasiga kiruvchi konkret faoliyat turlari mazmuni bilan fark kiladilar. Masalan, avtomobillar va maishiy texnikalarni ishlab chiqarishda katta mikdordagi xom-ashyo va materiallar kayta ishlanadi, avval xom-ashyodan aloxida detallar va agregatlar ishlab chiqariladi, sungra ular standart konstruktsiyalardagi tayyor mahsulotlarga yigiladilar. Kurilish tashkilotlari xam katta xajmda materiallarni sarflaydilar, lekin xar bir birlik tayyor mahsulot uzining konstruktsiyasiga kura yagona bulishi mumkin. Bundan tashkari, kurilish ishlari fabrika va zavodlar sharoitida emas, aloxida kurilish maydonchalarida amalga oshirilib, ularning keyingi foydalanishi xam usha erlarda buladi. YUridik firmalar, kasalxonalar va xizmat kursatish sohasi muassasalari oz mikdorda birlamchi xom-ashyo va materiallardan foydalanishadi, lekin uz xizmatlarini mijoz talablariga moslashtiradilar. Aviakompaniyalar, banklar, ukuv muassasalari mijozlariga standartlashtirilgan xizmatlar turkumini taklif etadilar. Bularning barchasi operatsion funksiyalarni va operatsion tizimlarni turlicha tashkil etilishini talab etadi.



Download 465.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Download 465.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jarayonlarni boshqarishning mazmuni va mohiyati

Download 465.5 Kb.