• Standart namuna
  • -rasm. a) Ketma-ket hisob usuli; b) Taqqoslash (solishtirish) usuli




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    3.5-rasm. a) Ketma-ket hisob usuli; b) Taqqoslash (solishtirish) usuli; 
    v) Sanoq usuli; 
     
    1.4
     
    O‘lchash vositalari va ularning sinflanishi 
     
     
    Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi. 
    O‘lchash vositasi 
    deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan 
    metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 
    O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi 
    katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik 
    xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda 
    tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri 
    aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga 
    bog‘liq. 
    O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz 
    mumkin: 
    *
    o‘lchovlar; 
    *
    o‘lchash asboblari; 
    *
    o‘lchash o‘zgartkichlari; 
    *
    o‘lchash qurilmalari; 
    *
    o‘lchash tizimlari. 
    O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 
    O‘lchov 
    deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
    o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va 
    shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
    O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy 
    moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. 
    Standart namuna - 
    modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini 
    tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. 
    Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 
    Namunaviy modda 
    esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va 


    33 
    aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metall” va 
    hokazolar. “Toza rux” 420

    S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
    O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan 
    chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga 
    bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. 
    Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
    tutishimiz lozim bo‘ladi: 
    Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, 
    solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon 
    va davlat etaloni. 
    Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy 
    o‘lchovlar 
    etalonlar 
    deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga 
    bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda 
    qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. a) Ketma-ket hisob usuli; b) Taqqoslash (solishtirish) usuli

    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish