|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 18
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Inklyuziv ta’limning mohiyati shundan iboratki, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishda orqada
qolganligi sababli maxsus yordamga muhtoj bо‘lgan bolalardan “nogiron” degan tamg‘ani olib
tashlab, normal rivojlanishdagi bolalar bilan birga teng huquqlililikni ta’minlash, jamiyatga
tо‘laqonli, erta moslashtirish, mavjud imkoniyatlaridan foydalana olishlarini ta’minlash
maqsadida umumta’lim maktablari tizimida о‘qitishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish О‘zbekiston Respublikasida ham davlat siyosat darajasiga
kо‘tarildi. Natijada inklyuziv ta’limga doir xalqaro huquqiy meyoriy hujjatlar, rivojlangan chet el
davlatlarning inklyuziv ta’lim tajribalari о‘rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi
tahrirdagi “Ta’lim tо‘risida”gi Qonunning 20-moddasi, “Inklyuziv ta’lim” deb nomlanib,
“Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga
olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bо‘lgan teng
imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan”ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi. [2] Inklyuziv
ta’lim masalasi Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi
sifatida qaralib, PQ-4860-sonli “Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Vazirar
mahkamisining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 638-sonli qarorida о‘z aksini topdi. Mazkur
ishlarning natijasi sifatida inklyuziv ta’limning barcha jihatlari, joriy etish yо‘llari, maqsad va
vazifalari, bu sohadagi islohatlar “Umimiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil
etish tartibi to‘grisida”gi Nizom, 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni
rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni
rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”da
belgilab olinib, amaliyotga joriy etish borasida kо‘zga kо‘rinarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar kutilmoqda:
- alohida ta‟lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga
integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi,
ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
-davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish
mexanizmlari yaratiladi;
-inklyuziv ta‟lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek
o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga
erishiladi. [4]
Ammo inklyuziv ta’limni joriy qilish oldida juda kо‘plab muammolar va tо‘siqlar mavjud.
Ota-onalardagi, jamiyat a’zolaridagi, maktab jamoasi va о‘qituvchilarda, hattoki maxsus
yordamga muhtoj bolalarning о‘zidagi norozilik, salbiy munosabat inklyuziv ta’lim oldida turgan
muammo bо‘lib hisoblanadi. Mana shu mammolarni va tо‘siqlarni hal etish zaruriyatdir. Chunki
jamiyatimizda yashayotgan har bir maxsus yordamga muhtoj bola bizning ham farzandimiz,
bizning ham muammomiz. Bu bolalarga “Ular kimning farzandi?” deya savol berish о‘rinsizdir.
Zero, ularning kamoloti bizning ham kamolotimiz, ularning fojeasi bizning ham fojeamizdir.
|
| |