17
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak-toshkent “O‘zbekiston” 2017
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning
davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidagi 802 –sonli Qaror .2020 y
3.Ilk qadam Matabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi,2018 y
4. Fatyushina L.I. "Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifatini boshqarish",
M., 2003 y.
5.w.ww.w.ziyonet.uz
O‘ZBEKISTON PEDGOGIKASIDA INKLYUZIV TA’LIM ISLOHOTLARI
Mamatova Aziza Bo’riboyevna
Nizomiy nomidagi TDPU Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi
Mirzayeva Diyora Salohiddin qizi
Logopediya yo‘nalishi 301-guruh talabasi
Hech о‘ylab kо‘rganmisiz, biz har kuni yurgan yо‘llardan ayrim bolalar yura olmaydi, biz
har kuni kо‘rgan gо‘zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita olmaydi, kо‘ra olmaydi,
chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning kо‘zlari ojiz, quloqlari
eshitmaydi. Ammo bu bola ham har tomomlama sog‘lom bо‘lib voyaga yetishi, hamma qatori
jamiki gо‘zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq salbiy omillar ta’sirid u bundan
bebahra qolgan.
Turli xildagi sabablarga kо‘ra ruhan yoki jismonan nuqsonli bо‘lib qolgan bolalarni
jamiyatdan alohida etiborsiz holda tashlab qо‘yib bо‘lmaydi. Bunday bolalar nuqsonliligi sababli
imkoniyatlari cheklanib qolgan. Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korrksion
yordamga muhtoj.
Nogiron bolalar bilan korreksion ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiriuvchi ish olib borish,
ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, о‘z-о‘ziga xizmat qila oladigan
va jamiyatga ma’lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevnig ta’biri bilan aytganda
“Har qanday halqning ma’naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bо‘lgan e’tibori bilan
ham belgilanadi” [1]
Shuning uchun ham bu vazifalarni tо‘laqonli amalga oshirish maxsus yordamga muhtoj
bо‘lgan bolalarni huquqlarini qо‘llab-quvvatlab, ularni joriy etish maqsadida jahon miqiyosida
“Inklyuziv ta’lim” siyosat darajasiga kо‘tarilib xalqaro huquq normalari, jumladan, BMT ning
1989 yilgi “Bolalar huquqlari tо‘g‘risida Konvensiya”si, Dakar Deklaratsiyasi, Salamanka
bayonoti va Ish rejasi (1994yil) kabilarda о‘z aksini topgan. Biroq juda kо‘p hollara maxsus
yordamga muhtoj bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bunga asosiy sababalar birinchi
navbatda ota-onalarning farzandiga bо‘lgan e’tiborining sustligi bо‘lsa, keyingi galda bu bolani
о‘qitish uchun ta’lim muassasalarining о‘sha hududda yо‘qligi yoki juda uzoqda joylashganligidir.
Mana shunday hol maxsus yordamga muhtoj bola uchun juda ayanchli holdir. Chunki bu bolada
mavjud nuqson tufayli uning imkoniyatlari chegaralanib qolgan, ma’lumki bola ta’lim-tarbiya
olmasa va undagi nuqsonni tuzatish ishlari olib borilmasa, nuqson darajasi yanada og‘irlashadi,
ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqadi va uning о‘z о‘ziga xizmat qilish malakalri shakllanmay qoladi.
Ijtimoiy hayotga moslashishi qiyinlashadi. Bir sо‘z bilan aytganda u “nogiron” bо‘lib qolaveradi.
О‘z navbatida jamiyatda nogironlarning kо‘payishi shu jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Mana
shunday oqibatlarga olib kelmasligi, maxsus yordamga muhtoj bо‘lagan bolalarning haq-
huquqlarini tо‘laligicha ta’minlash maqsadida ham inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari keng
tus olmoqda.
|