|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 13
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
amalda psixologo-pedagogik o‘rganishdan boshlanadi, bu ish davomida foydalaniladigan vosita
va yo‘llarni tanlashga va ish samarasini oshirishga yordam beradi va o‘rgangandan so‘ng
tavsiyalar berishga yordam beradi.
Duduqlanuvchi bolalarga to‘g‘ri korreksion ta’sirni tanlash, logopedik ishning samarasini
ko‘rish uchun bolani psixolog va pedagogik o‘rganish katta axamiyat kasb etadi. Logopedik ish
amalda psixologo-pedagogik o‘rganishdan boshlanadi, bu ish davomida foydalaniladigan vosita
va yo‘llarni tanlashga va ish samarasini oshirishga yordam beradi va o‘rgangandan so‘ng
tavsiyalar berishga yordam beradi.
“Juft so‘z”
Juft rasm o‘yinining bir turi. Bolaga eslab qolish uchun juft so‘zlarni tavsiya etiladi. Masalan
shunday juft so‘zlarni ayting: mushuk-sut, bola-mashina, stol-pirog va boshqalar, boladan har bir
juft so‘zdan ikkinchi so‘zni eslab qolishni so‘rang. So‘ngra juft so‘zni birinchi so‘zini aytasiz bola
esa uning ikkinchi so‘zini eslab qolgan bo‘lishi kerak. Vazifani asta sekin juft so‘zlar sonini
ko‘paytirish va mazmunan bir-biridan uzoq so‘zlarni qo‘shish bilan murakkablashtirish mumkin.
“Diqqatni jamlash”
Atrofdagi narsa-buyumlarda, tana a’zolarida yoki fikrlarda o‘tkazilishi mumkin. Diqqatni
jamlash mashqlarning har bir minutdan yarim soatgacha vaqt ajratiladi. Vaqt belgilanib kerakli
holat tanlanadi va muskullar bo‘shashtiriladi so‘ng diqqatni jamlash ob’ekti tanlanadi. Agar mashq
davomida diqqat boshqa narsalarga chalg‘iy boshlasa, asabiylashmasdan, tushkunlikka
tushmasdan, diqqatni yana kerakli ob’ektga qaytariladi. Mashq uchun belgilangan vaqt davomida
kishi diqqatining chalg‘ishi 3 martadan oshmasligi muxim xisoblanadi.
“Barmoqlar”
Qatnashuvchilar o‘rindiqlarida doira hosil qilib o‘tiradilar qo‘larini tizzalariga qo‘yib bir
biriga chalishtirib bosh barmoqlarini erkin qoldiradilar. “Boshlang” ishorasi bilan bosh
barmoqlarini bir biri atrofida sekin asta ma’lum tezlikda va bir yo‘nalishda aylantira boshlaydilar.
Bosh barmoqlarni bir biriga tegib ketmasligi muhim. Shu harakat diqqatni jamlanadi “To‘xta”
ishorasi bilan to‘xtatiladi.
Mashqning davomiyligi 5-15 minut ba’zi qatnashuvchilar o‘zlarini g‘alati xis qiladilar:
barmoqlari ko‘payib yoki kamayib qolgandek, harakat yo‘nalishi o‘zgargandek.
Kimdir o‘zini kuchli bezovta qiladi bu qiynchiliklar diqqat ob’etining odatdagidek
bo‘lmaganligidan kelib chiqadi.
“Eng xushyor”
Qatnshuvchilar yarim doira shaklida turishi kerak. Bir o‘yinchi oldinga chiqib bir necha
daqiqada o‘yinchilar joylashish tartibini eslab qolishi kerak. So‘ng o‘rtoqlari teskari o‘girilib turib
qatnashuvchilarini joylashish tartibini aytib chiqadi. O‘yin davomida har bir qatnashuvchi shu
mashqni bajaradi. Kim xato qilmay aytsa shu g‘olib bo‘ladi.
|
| |