12
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
artikulyatsion
apparat izdan chiqadi, zero uning harakati butunlay ishlayotgan markaziy nerv
sistemasi orqali boshqariladi va nutq jarayonida ajralmagan bir butun a’zo sifatida ishlaydi.
Mavjud pay tortishishining ustunligiga qarab nutqning u yoki bu organlari:
nafas olish, ovoz
paychalarida va artikulyatsion apparatida joylashadi.
Duduqlanish paytidagi nafas olishning buzilishi uchta shaklga ajraladi: ekspirator
(tortishishli nafas chiqarish), inspirator (tortishishli nafas olish, ba’zida xirilllash bilan) va
respirator (tortishishli nafas olish va nafas chiqarish, ko‘p hollarda so‘zlarning bo‘linishi bilan).
Ovoz paychalari apparatidagi pay tortishishi quyidagi tarzda xarakterlanadi: birlashgan (tortishib
birlashgan, tovush burmalari o‘z vaqtida yozilib ketmaydi – tovush birdaniga uziladi, yohud klonik
yoki cho‘ziqli tortishish yuzaga keladi – ma’rash tusida uzilish («o-o-olim») yoki turtkiga xos unli
tovush («ooo») hosil bo‘ladi); ajralishgan (tovush tirqishi ochiq qoladi – bu holda butunlay sukut
saqlash yoki shivirlagan nutq kuzatiladi); vokalga oid, bu bolalarga xosdir (dastlab I.A.Sikorskiy
aniqlagan). Bolalar so‘zda unlilarni cho‘zib talaffuz qiladilar.
Artikulyatsion apparatda ushbu tortishishlar farq qilinadi – labga oid, tilga oid va yumshoq
tanglayga oid. Ular ko‘pincha portlovchi undosh tovush (q,k,g‘,g,b,p,t,d) ni talaffuz qilishda tez
namoyon bo‘ladi. Binobarin, eng murakkab tovushlarning fonetik tabiati bilan bog‘liq
qiyinchiliklardan tashqari, grammatik omillar – iboradagi so‘z holati,
matnning tuzilishi va
boshqalar ham katta ahamiyatga ega. Bunda bayonning mazmunini hisobga olish lozim, zero,
duduqlanish talaffuz qilinayotgan so‘zning semantik va hissiyotli murakkablashuviga yarasha
kuchayadi: kishi yaxshi ma’lum bo‘lgan narsani bayon qilishdan ko‘ra bahs va munozaralar qilishi
chog‘ida ko‘proq duduqlanadi. O‘quvchilar yaxshi tayyorlangan o‘quv materialini aytib berishda
kamroq duduqlanadilar. Nutq ritmi duduqlanishning tezligi borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Talaffuzdagi urg‘u, intonatsiya, ritm buziladi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qaytariqlar bilan
uzilib-uzilib chiqadi, jarangdorlik va talaffuz sur’ati,
tovush kuchi, balandligi va shiradorligi
duduqlanuvchining nutqiy maqsadi, emotsional holati bilan bog‘liq holda o‘zgaradi. Duduqlanish
tutib qolishining beqaror tezligini o‘rganish to‘g‘ri nutqning saqlanib qolgan qismi haqidagi,
saqlanib qolgan nutqning nutq faoliyatidagi va nutq vaziyatidagi turli darajali murakkabliklariga
bog‘liq ravishdagi ko‘rsatkichini belgilash to‘g‘risidagi tushunchalarni asoslash uchun imkonyat
yaratadi. Saqlangan nutq darajasini aniqlash logopedik ishning har bir bosqichidagi asosiy tuzatish
vazifalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Duduqlanish uchta darajaga ajraladi: yengil duduqlanish – kishi asabiylashgan holatida yoki
tez gapirayotganida duduqlanadi. Bunday paytda to‘tilib qolishlar
tezda bartaraf etiladi,
duduqlanuvchilar o‘z nuqsonidan uyalmagan holda gapiradilar; o‘rtacha duduqlanish – kishi tinch,
odatdagi vaziyatda oson gapiradi va kam duduqlanadi; his-hayajonli holatda kuchli duduqlanish
yuzaga keladi: og‘ir duduqlanish - kishi butun nutqi davomida, doimiy chalg‘ituvchi harakatlar
qilish bilan duduqlanadi.
Duduqlanish davom etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: doimiy - duduqlanish paydo
bo‘lgach, turli nutq shakllari va vaziyatlarida bevosita namoyon bo‘ladi: to‘lqinsimon -
duduqlanish goh kuchayadi, goh kamayadi, lekin butunlay yo‘qolmaydi; qaytalanuvchi –
duduqlanish yo‘qolib yana paydo bo‘ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi, uzoq muddatli erkin
tutilishisiz nutqdan so‘ng duduqlanish qayta paydo bo‘ladi.
Barcha bolalarga tabiatan rivojlanish qonuniyati: atrof dunyoni
xis qilish va idrok etish,
o‘ylash, gapirish, muloxaza yuritish, tasavvur etish, eslab qolish, hoxlash, xis qilish, qayg‘urish,
zo‘r berish, erishish va boshqa qobiliyatlar ato etilgan bo‘ladi. Lekin bu qobiliyatlarni bola
tug‘ilgan vaqtdan boshlab rivojlantirib borish kerak. Bola kattalar unga ishonishini, uni borgansari
yanada qiynroq vazifalar va muammolarni hal qilishga jalb qilishayotganini xis qilgan xoldagina
bolada rivojlanishning xarakatlantiruvchi kuchlarini safarbar etish yuz beradi. Bolaning
qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirishdagi kamchiliklarni korreksiya
qilish-psixologik-
pedagogik ishning muxim yo‘nalishidir.
Duduqlanuvchi bolalarga to‘g‘ri korreksion ta’sirni tanlash, logopedik ishning samarasini
ko‘rish uchun bolani psixolog va pedagogik o‘rganish katta axamiyat kasb etadi. Logopedik ish