|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 10
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Yozma jarayonga butun miya, uning barcha qobiq bo‘laklari aloqador bo‘lsada, biroq unda
bosh miya qobig‘ining ma’lum uchastkalari ko‘proq ishtirok etadi.
O‘qish va yozish jarayonlarining normal kechishi uchun optik, motor, akustik kabi analizator
tizimlari periferik bo‘limlarining saqlanishi va to‘liq ishlashi muhimdir.
D.B.Elkonin va L.B.Jukova qayd etib o‘tganlaridek: “Tovushli nutqdan grafik nutqqa
o‘tishni ba’zida soddalashtirilib, shunchaki belgi-harflarni sezilarli o‘rnini bosish uchun kirish
sifatida tushuniladi. Bunday o‘tish asosida ancha nozik psixilogik jarayonlar yotadi: harf nutq
tovushlarini modellashtirmaydi, formulalarni esa simvollar bilan ifodalaydi”.3
Biz esa yozilgan so‘z talaffuz etiladigan so‘zlarni simvollar bilan ifodalamaydi, balki aynan
modellashtiradi deb qayd etmoqdamiz, ya’ni, yozma nutq so‘zdagi tovushlarning vaqtinchalik
munosabatlarini fazoviy munosabatlar shaklida shakllantiradi. Shunday qilib, yozma nutq
shunchaki so‘zning tovushli shaklini ifodalamay, balki, ko‘rib tahlil qilinadigan va eshitish
analizatori hisoblanuvchi vaqtinchalik aloqalarni ham fazoviy munosabatlarda modellashtiradi.
Yozuv–bola uchun muhim, yangi belgili tizimdir. Uning o‘zlashtirilishining murakkabligi
faqat ular ikkinchi tartibdagi belgilar tizimi ekanligi bilangina bog‘liq emas. Murakkablikning
boshqa tomoni yozuv jarayonining yuqori darajali ekanligi va murakkab tashkil topgan
sensomotor bazaning mavjudligiga bog‘liq. Yozishni o‘zlashtirish imqoniga ega bo‘lish uchun
bola til va kognetiv qobiliyatning ma’lum bir minimal yetuklik darajasiga erishishi zarur.
Yozma nutq - yozish va o‘qish operatsiyalarining komponentlar sifatida birikadigan
makrotuzilmasi hisoblanadi: fikrni yozib olish uchun muallif uni tugallangan shaklda bo‘laklab
olishi, uni leksemalarga ajratib, so‘ngra ularning xar birini yozuv orqali ifodalashi (yozish) kerak.
Shu bilan bir vaqtda muallif yozayotgan o‘z yozuvlarini avval nima yozilgan bo‘lsa o‘shani o‘qish
jarayonida asoslash imkoniga ega bo‘ladi. Yozma nutq jarayonining yakunlovchi operatsiyasi
negizida esa nazorat bilan o‘qish amalga oshiriladi.
Yozuv – grafik elementlar yordamida ma’lumotni ma’lum masofaga uzatish va uni ma’lum
vaqtda mustahkamlash imqonini beruvchi, nutqni qayd etishning belgili tizimidir.
Yozuvni lingvistik pozitsiyalardan (til fenomeni sifatida), aynan og‘zaki tilni yozma tilga
qayta kodlash usuli kabi, ya’ni belgilarning bir tizimdan boshqasiga o‘tish qoidalari to‘plami
sifatida ko‘rib chiqamiz.
Qayta kodlash qoidalari tizimi yozuvning bir turini ikkinchi turidan: piktografik, ideografik,
sillabik va alfabetik farqlarini aniqlab beradi: piktografik yozuvda so‘z rasm – piktogramma bilan
ifodalansa, ideografik yozuvda – ieroglif bilan (xitoy tilida), sillabik yozuvda belgi bo‘g‘in,
alfabetli yozuvda belgi bir ba’zan ikki tovushni bildiradi. Masalan, rus yozuvi alfabetik tizimda
tovushli nutqni yozma nutqqa qayta kodlash qoidalarining bir necha tamoyillarga asoslanadi.
Mualliflar to‘rttadan sakkiztacha bo‘lgan turli xil tamoyillarni ajratib ko‘rsatadilar. Ular orasida
eng yetakchisi va umum qabul qilinganlari: fonematik, an’anaviy va morfologik tamoyillar bo‘lib
hisoblanadi (Gvozdev A.N., Gorbacheva K.S., Shaxmatov A.A.).
Ularning har birini o‘zlashtirish avvalambor yozishni o‘rganishdan oldin egallangan shart-
sharoitlar (bilim va ko‘nikmalar)ning mavjudligini ko‘zda tutadi.
Shunday qilib, o‘qish va yozishning psixologik, psixofiziologik, lingvistik va metodik
mazmunining tahlili, ushbu faoliyat turlarining muvafaqqiyatli shakllanishini ta’minlovchi
jarayonlar va funksiyalarni aniqlashga yordam beradi. Ya’ni, bolalarda mustaqil yozma nutqni
o‘zlashtirishga tayyorgarligini shakllantirish maqsadida bolalarda rivojlantirish zarur bo‘lgan
shart-sharoitlar:
eshitish;
fazoviy-ko‘rish;
harakatlanish funksiyalari;
og‘zaki nutq va til ko‘nikmalari;
3
Жукова Н. С., Мастюкова Е. М., Филичева Т. Б. Логопедия. Преодоление общего недорозвития речи у дошкольников.-
Екатеренбург: Изд-во АРД ЛТД, 1998.
|
| |