JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI  06.12.2022




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Nutq jarayonida qanday vositalardan foydalanishni hisobga olib, u og‘zaki (belgili shakl), 
yozma (grafika shakli) va kinetik (til va jestlar yordamida muloqot qilish) turlarga bo‘linadi. 
Yozma va og‘zaki nutq bir biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib: yozma nutqning belgisi (grafema) 
fonema hisoblanadi. Ya’ni, yozma nutq og‘zaki nutq belgilariga “qatlamlanadi” va ularni og‘zaki 
nutqqa qaraganda ancha qiyin va murakkab ikkilamchi simvolizatsiyalash tizimi hisoblanadi. 
Shunga qaramay, yozma nutq shunchaki og‘zaki nutqni yozma belgilarga o‘girish degani 
emas. O‘zining vujudga kelishi va rivojlanish yo‘llari hamda o‘zining psihologik mazmuni, uning 
tarkibiga kiruvchi psihologik operatsiyalar bo‘yicha yozuv jarayoni og‘zaki nutq jarayonidan 
ancha farq qiladi. 
Yozma va og‘zaki nutq ikki signalli tizimning vaqtinchalik aloqalari ko‘rinishida namoyon 
bo‘ladi, biroq og‘zaki nutqdan yozma nutqning farqi shundaki, yozma nutq faqat maqsadga 
muvofiqlik tarzida bilim berish sharoitlarida shakllanadi. 
Yozma nutq jarayonida eshitiladigan, talaffuz qilinadigan va ko‘rinib turgan so‘z o‘rtasida 
yangi aloqalar o‘rnatiladi: bunda yozma nutqning murakkab shartli reflektor aloqalariga og‘zaki 
nutq ikkinchi signal tizimining shakllanib bo‘lgan aloqalari ulanadi. 
Og‘zaki va yozma nutqning til xususiyatlari ular o‘rtasidagi situativ psihologik farqlar bilan 
izohlanadi. L.S. Vigotskiy yozma nutqni monolog-nutq sifatida tavsiflab, unga quyidagicha izoh 
beradi: “Yozma nutq-bu og‘zaki nutqning har qanday vaziyatda o‘z-o‘zidan, hech qanday 
qiyinchiliklarsiz, bola tomonidan so‘zlashuv vaziyati bo‘lgan vaqtda oq qog‘oz varag‘i, hayoldagi 
suhbatdosh bilan bo‘lgan suhbatidir”.2 
Og‘zaki nutq bevosita muloqot sharoitlarida sodir bo‘ladi, shuning uchun “sur’ati bo‘yicha 
tez va noto‘liqroq” tarzda namoyon bo‘lib, nutq jarayonida ma’noni ifodalash uchun nolingvistik 
vositalar–mimika va imo-ishoralardan foydalaniladi. Yozma nutqda esa og‘zaki ma’lumotda 
qo‘shimcha axborot beruvchi ushbu vositalar bo‘lmaydi. 
Birinchi sinfga borgan bola og‘zaki nutqni yetarli darajada o‘zlashtirib, so‘zlarni bemalol 
talaffuz qiladi va muloqot jarayonida ibora ichidagi so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yish ustida o‘ylanib 
o‘tirmaydi. Yozma nutqda har bir iboraning tuzilishi maxsus o‘ylanish predmeti hisoblanadi va 
boshlang‘ich bosqichda yozma nutqni o‘zlashtirish har bir so‘zni yozish jarayoni kabi tushuniladi. 
Yozma nutqni o‘zlashtirish uchun o‘z nutqini tushunish va uni o‘zlashtirish birinchi darajali 
ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ikki shartlarni rivojlantirmasdan turib yozma nutq haqida gapirish 
ham mumkin emas. Og‘zaki nutqdagi kabi, yozma nutqda ham bola birinchi marta “Vatan” degan 
so‘zni yozganida, bu so‘zda “v-a-t-a-n” harflari borligini tushunadi, ya’ni o‘z tovush faoliyatini 
farqlaydi va tovush tuzulishining xar bir elementini mustaqil talaffuz qiladi. 
Til layoqatini, qoidalarini o‘zlashtirish jarayoni 2 bosqichda o‘tadi: 
tilni amaliy o‘zlashtirish bosqichi: ruhiy jarayonlarni rivojlantirishning ma’lum darajasiga 
erishishda, bola ularni deyarli tushunmagan holda ma’lum til qoidalarini o‘zlashtiradi. Tilni sezish 
yoki “tilni his qilish” ushbu qoidalarni o‘zlashtirish mexanizmi hisoblanadi. 
tillararo faoliyat bosqichi: ya’ni birinchi bosqichni o‘zlashtirib bo‘lgandan keyingina til 
qoidalarini tushunish mumkin. 
Og‘zaki nutqni o‘zlashtirish uchun bola tilni rivojlantirishning birinchi bosqichini amalga 
oshirishi lozim. Yozma nutqni o‘zlashtirish uchun esa tilni rivojlantirishning ikkinchi bosqichiga 
o‘tish zarur. 
Yozish va o‘qishga o‘rgatishda til tizimining birligi sifatida so‘z - bola ongi uchun o‘zining 
moddiyligi va sezuvchanligini egallaydi va uning ong predmetiga aylanadi. 
Yozma nutqni o‘zlashtirish va amalga oshirishning murakkabligi uning tabiatiga bog‘liq: 
agar og‘zaki nutq asosan so‘zlash-eshitish va so‘zlarni-harakatlantirish analizatorlari faoliyati 
bilan amalga oshirilsa, yozma nutq ko‘rish-eshitish va harakatlantirish analizatorlari faoliyatidan 
tarkib topadi. 
2
Выготский Л.С. Проблемы дефектологии.- Москва.: Просвещение, 1995 



Download 7 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI  06.12.2022

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish