|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 6
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
yo‘naltirilgan, insonparvarlik tamoyillari asosida amal qilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek,
ushbu qarorda belgilangan vazifalarni bajarish muddatlari, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib,
bajarilgan ishlarni baholash indikatorlari batafsil ko‘rsatib berilgan. Ishonch bilan aytishimiz
mumkinki, mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimini boshqaruv mexanizmi hukumatimizning
shaxsga yo‘naltirilgan, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda namoyon bo‘lib, bu esa
yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni 7 ta yo‘nalish 100 ta maqsaddan
iborat. Ushbu strategiyada ham maktabgacha ta’limga oid maqsadlar keltirilgan. Ular quydagilar:
38-maqsad: Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga
yetkazish. 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish
darajasini 90 foizga, 2024/2025 o‘quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish.Maktabgacha
ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.
39-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.
Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning
takomillashtirilgan tizimini joriy etish. 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog
kadrlarning malakasini oshirish. Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan
yondashuvlar asosida takomillashtirish.
40-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida budjet mablag‘larining maqsadli va samarali
sarflanishini ta’minlash.Maktabgacha ta’lim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda
amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki Yangi O‘zbekiston sharoitida maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy ehtiyojlarga muvofiq yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, erishilgan ilmiy natijalarni maktabgacha ta’lim amaliyotiga joriy etishning samarali
mexanizmlarini yaratish va boshqa vazifalar ta’lim tizimi sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida
belgilanganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
|
| |