Jizzax davlat pedagogika universiteti




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

 
 



“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
KIRISH SO‘Z 
 
Sh.S.Sharipov
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori, professor 
Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan 2022 yil 21 iyundagi 289-son Prezidentimizning qarorlari 
bilan pedagogik oliy ta’lim muassasalarining tubdan yangi tarmog‘i yuzaga keldi. Ushbu tarmoqqa 
pedagog kadrlarni tayyorlaydigan 14 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. O‘ziga xos yangi turkum 
yuzaga keldi. Ushbu qaror bilan ta’lim muassasamizga universitet maqomi berilishi universitet 
rahbariyati, professor-o‘qituvchilar uchun yangi mas’uliyatlar yuklaydi. Ushbu qarorda 
belgilangan vazifalarni bajarish orqali universitet imijini yaratish navbatdagi muhim vazifalardan 
biri hissoblanadi. Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda yangi ta’lim texnologiyalarini va 
innovatsion metodlarni qo‘llash, boshqaruv tizimida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni olib 
tashlashda hamda inson omilini kamaytirish maqsadida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali 
o‘z yechimini topadi, bu esa o‘z navbatida ta’lim mazmunida aks etadi. Shu bilan bir qatorda 
xorijiy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv tuzilmalarini o‘rgangan holda O‘zbekiston 
ta’lim tizimi boshqaruviga joriy etish, kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich to‘liq ta’lim 
tizimiga joriy etish, ilmiy lobaratoriyalardan samarali foydalanish, iqtidorli talabalarning 
g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, to‘g‘ri tashkil etilgan boshqaruv orqali yuqori reytingga, yuqori 
reyting albatta sifatga ta’sir etishi, yuqori sifat esa taraqqiyotni belgilab beruvchi malakali 
kadrlarni yetishtirib chiqishi uchun xizmat qilishi lozim.
2021 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oliy ta’lim tizimini 
tub ijobiy o‘zgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va 
tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta muhim hujjat, ya’ni “Davlat oliy ta’lim 
muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik 
berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari imzolandi. Ushbu qarorga ko‘ra oliy ta’lim 
muassasasi va uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grafigi asosida darsliklar hamda 
boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, ta’lim sifatini ichki nazorat qilish 
mexanizmlarini belgilash va joriy etish, tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida: 
faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan tarkibiy 
tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari uchun 
belgilangan normativlardan qat’i nazar muassasaning tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari 
sonini belgilash; mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklarni ochish, amaldagi ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarni tugatish; 
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid 
tartibni belgilash; xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va 
masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish kabi masalalarni ham ushbu anjumanda 
atroflicha yoritilishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Bo‘lib o‘tadigan ushbu “Ta’lim muasssalarida boshqaruv jarayoni va o‘quv sifatini 
takomillashtirish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ta’lim 
muassasalari imijini yaratish uchun xizmat qiladi degan umiddaman. Ushbu konferensiya uzluksiz 
ta’lim tizimidagi muammolarni qamrab olganligi bilan ham ahamiyatlidir. Maktabgacha va 
umumta’lim boshqaruvining dolzarb muammolari o‘z yechimini topishda, oliy ta’limda ilg‘or 
innovatsiyalarni joriy etishning pedagogik imkoniyatlari ochib berishda, ta’lim muassasalarida 
o‘quv sifatini oshirish jarayoniga yangicha pedagogik texnologiyalarning tatbiq etishda hamda 
ta’lim muassasalarida talaba qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashning pedagogik 
texnologiyalari joriy etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. 



Download 7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish