5
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
1-SHO‘BA. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUVINING
DOLZARB MUAMMOLARI
“YANGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI
BOSHQARISHNI HOZIRGI HOLATI TAHLILI”
Ro‘ziyeva Dilnoza p.f.d.professor
Gulbayeva Nilufar Abdigafurovna
Ta’lim muassasalarining boshqaruvi
magistranti, JDPU
Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz,
shu jumladan o‘zimiz ham sezib, kuzatib turibmiz. Uzluksiz ta’limning poydevori hisoblangan
maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish to‘g‘risida muxtaram prezidentimiz Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev tomondan qator qonunlar qabul qilinmoqda
va amaliyotga tatbiq
etilmoqda. Bulardan biri “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror bo‘lib bu qarorga muvofiq sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish
va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va
moddiy-texnik
bazasini
mustahkamlash,
ularni
malakali
pedagog
kadrlar
bilan
ta’minlash,maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrovini 100%ga, ta’lim tarbiya
jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni
intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini
tubdan yaxshilash vazifasi qo‘yildi,–deydi maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.
Hozirgi kunga kelib har bir viloyat, tuman, shahar va chekka qishloqlarda ham maktabgacha
ta’lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirilmoqda. Bundan
kutilgan maqsad bolalarda
uzluksiz ta’limning poydevori bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qamrovini
oshirish va ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish xislarini rivojlantirish va maktabga
sifatli tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan, albatta bu natijaga erishish uchun bizdan katta
mahorat bilim va o‘z kasbiga ma’suliyat talab qilinadi.
Hukumatimiz diqqat markazida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish
asosiy masala
ekanligini yana bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida anglash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi quyidagi ustuvor
yo‘nalishlarni nazarda tutadi:
1. maktabgacha ta’lim soqasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
2. maktabgacha yoshdagi bolalarning
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
3. bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish
imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
4. maktabgacha ta’lim tizimiga innovasiyalarni, ilg‘or
pedagogik va axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish;
5. maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha
ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
6. maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim
tizimi xodimlarini tayyor-lash, qayta
tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni
joriy etish;
7 maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom
va balanslashtirilgan
ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash
Yuqorida ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlar hamda bular bo‘yicha bajariladigan tadbirlar
yosh avlodni sog‘lom, barkamol tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim shaxsga