69
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha
ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son Qarori.
3.
R.Arum, M.Velez. Improving Learning Environments.r. 56.
4.
Maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuv moduli bo‘yicha o‘quv – uslubiy
majmua.Toshkent-2018 y.
MURAKKAB NUQSONLI BOLALAR KELIB CHIQISH SABABLARI
Gapurova Dilnoza Tadjivaevna
Nizomiy nomidagi TDPU
Maxsus pedagogika va inklyuziv ta`lim fakulteti
“Logopediya” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Seydullayeva Elnora Batirbek qizi
201 Logopediya yo‘nalishi
talabasi
Bolaning rivojlanishdan ortda qolishidagi biologik va ijtimoiy-psixologik sabablarning
о‘zaro bog‘liqligi maktab yoshidagi bolalar rivojlanishidagi birlamchi,
ikkilamchi va undan
keyingi chetlanishlarning namoyon bо‘lish darajasini aniqlashni qiyinlashtiradi. Maktab yoshi
bosqichida turli psixik funksiyalar shakllanishining bir maromda emasligi kimnidir orqada
qolishiga va boshqalarning tezkor rivojlanishiga olib keladi. Individual farqlar psixofiziologiyasi
sohasidagi tadqiqotlarda (B.G.Ananyev, 1977; T.V. Axutina, 1998; V.D. Lebedinskiy V.V., 1998;
Nebilitsin, 1976; Y.V. Mikadze, 1998) normal rivojlanayotgan bolada
oliy psixik funksiyalar
rivojlanishining notekisligi, bir maromda emasligi isbotlangan bо‘lib, bu, о‘z navbatida,
nuqsonlari bor bolaning psixofizik rivojlanish darajasini baholashda hisobga olinishi lozim.
Rossiya olimlarining maxsus adabiyotlarida bolalarda murakkab nuqsonlarning paydo bо‘lish
sabablari tahliliga juda katta e’tibor qaratilgan. Turli mualliflarning ma’lumotlariga kо‘ra
(G.P.Bertsh, 1980; M.G.Blyumina, 1989; V.P. Gudonis, 2004; A.G Moskovkina, 1988;
M.S.Pevzner, 1980; Savinova T.V. 1988), murakkab nuqsonlar guruhida genetik kelib chiqishli
patologiyaning tug‘ma shakllari ustunlik qiladi (85-88%). M.G.Blyuminaning (1989)
fikricha,
murakkab buzilishlar etiologiyasidagi ekzogen va irsiy omillarning nisbati murakkab masala
bо‘lib hisoblanadi. Muallif genetik va ekzogen omillar qо‘shilgan oltita turli etiologik variantlarni
ajratib kо‘rsatadi. Murakkab va kо‘p sonli buzilishlarning vujudga kelishiga olib keladigan
ekzogen xossali sabablar orasida
rivojlanishning prenatal, perinatal va postanatal davrlarida ta’sir
kо‘rsatuvchi patologik omillar ajralib turadi. Murakkab nuqson paydo bо‘lishining sababi onada
surunkali buyrak, yurak xastaliklari, sil va boshqa kasalliklar, og‘ir yuqumli kasalliklar (epidemik
parotit, qizilcha, toksoplazmoz)ning mavjudligi bо‘lishi mumkin. Chuqur erta tug‘ilish,
tug‘ilishdagi shikastlanishlar, asfiksiya, gemolitik xastalik, bolalarning yuqumli kasalliklari kabi
omillarning ahamiyati ham qayd etilgan. G.P.Bertinning ma’lumotlari bо‘yicha о‘qishida
qiyinchiliklar bо‘lgan kar bolalarning 47% muddatdan oldin tug‘ilgan, vazni yetarli bо‘lmagan
(о‘rtacha vazni 1650 g.), ularda kо‘p sonli tug‘ilish jarohatlari qayd etilgan. G.P.Bertin,
M.S.Pevzner (1980) tadqiqotlarida aniqlanganidek, rivojlanishning murakkab nuqsonlari bо‘lgan
eshitish qobiliyati buzilgan bolalar rivojlanishning dastlabki
bosqichlarida pnevmoniya,
meningoensefalit va boshqalar kabi og‘ir kasalliklarni boshdan kechirganlar. Ba’zilarda bir nechta
kasalliklarning qо‘shilishi kuzatilgan bо‘lib, ularning har biri bolaning keyingi rivojlanishiga
salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin edi. Kо‘pchilik bolalarni davolashda turli medikamentlardan, shu
jumladan, ototoksik antibiotiklardan foydalanilgan. Ba’zi bolalarda og‘ir buzilishlar
shikastlanishdan keyingi ensefalopatiyaga yoki boshqa posttravmatik bо‘lib, bu mehnat qobiliyati,
xotiraning
pasayishiga, tez charchab qolishga va h.k. sabab bо‘ladi. Murakkab nuqsonlarning
sabablari genetik va metabolik kasalliklar bо‘lishi mumkin, ularda eshitish qobiliyatining
pasayishi boshqa organlar va tizimlar buzilishlari bilan birlashadi: Usher, Alport, Vaardenburg,