“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

72 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
harakat, nutq, kognitiv sohalarda о‘zini namoyon qilishi mumkin. Shuning uchun murakkab 
(kompleks) buzilishlari bо‘lgan bolalarni о‘rganish chuqur, kompleks, barcha omillarni hisobga 
olgan tadqiqotlarni amalga oshirishni kо‘zda tutishi lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, murakkab nuqsonlar tarkibida eng kо‘p tarqalgan buzilishlardan 
biri nutq patologiyasi hisoblanadi. 40% dan 60%gacha aqli zaif о‘quvchilarda nutq fonetik 
jihatining buzilishlari kuzatilgan. R.I.Lalayevaning ma’lumotlariga kо‘ra, 65 —70% aqli zaif 
birinchi sinq о‘quvchilarida disleksiya kuzatilgan.
Nutq insonning eng muhim ruhiy funksiyasi, insonlarning bilish, о‘z-о‘zini tashkil qilish, 
ma’naviy yuksalish qobiliyatining namoyon bо‘lish sohasidir.
Maxsus pedagogikada intellektual buzilishlari bо‘lgan bolalar orasida nutq nuqsonlariga ega 
aqli zaiq bolalar guruhini ajratish mumkinligini kо‘rsatadigan katta hajmda ma’lumotlar 
tо‘plangan. Umuman olganda, aqli zaif bolalarga tovush talaffuzining buzilishi xos bо‘lib, bu holat 
turli sabablar bilan izohlanadi: nutqning tovush tarkibini о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan kognitiv 
jarayonlarning shakllanmaganligi; aqliy faoliyatning murakkab turi bо‘lgan fonemik idrokning 
kech rivojlanishi; umumiy motorik vosita, ayniqsa nutqning motor qobiliyatining kam 
rivojlanganligi; mavjud falajlar, nutq mushaklarining falaji, artikulyar organlar – lablar, qattiq va 
yumshoq tanglay, jag‘larning tuzilishidagi anomaliyalar. O.A. Chernobayeva о‘tkazgan 
tadqiqotlarida11 maxsus maktab о‘quvchilarida talaffuz va yozishdagi buzilishlarning nihoyatda 
keng tarqalganligi kuzatiladi. Maktabda о‘qish mobaynida yozuv buzilishlari bо‘lgan bolalar soni 
kamayib boradi, biroq yuqori sinflarda ham disgrafiya о‘quvchilarning 30%da aniqlangan. Barcha 
sinflardagi aqli zaif maktab о‘quvchilari orasida о‘qishda о‘ziga xos xatolar bо‘lgan kо‘plab 
bolalar aniqlandi.

Download 7 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish