“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

70 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Djervell va boshqa sindromlar. (G.P.Bertin, 1993; M.G.Blyumina, 1989; B.V.Konigsmark, R.D. 
Gorlin, 1980; YE.M.Mastyukova, A.G.Moskovkina, 2003). Murakkab nuqsonli kar bolalarni 
klinik, psixologik, pedagogik tekshirish (G.P.Bertin, M.S.Pevzner, T.V.Rozanova, N.V.Yashkova, 
1980) etiopatogenez nuqtai nazaridan ham, о‘rganishda qiyinchiliklari bо‘lgan kar bolalardagi 
nuqson tuzilishi jihatidan ham kо‘pgina polimorfizmni aniqladi. Mualliflar karlikning boshqa 
kasalliklar bilan kombinatsiyasining asosiy turlarini ajratib kо‘rsatdilar: aqliy zaiflik, turli xil 
etiologiyadagi birlamchi aqliy zaiflik, bolalar serebral falaji, somatik kasalliklar. Uch yoki undan 
ortiq asosiy nuqsonarning kombinatsiyasi kuzatildi. Rivojlanishning murakkab buzilishlari 
bо‘lgan bolalarning 45 foizida turli xil tabiatdagi kо‘rish qobiliyatining buzilishi anilangan 
(miopiya yoki о‘rtacha yoki zaif darajadagi gipermetropiya, astigmatizm, g‘ilaylik, tug‘ma 
katarakta, kо‘z parlasi degeneratsiyasi va boshqalar). Ushbu toifadagi maktab о‘quvchilarining 
intellektual va nutq rivojlanishining turli darajalari qayd etilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, zamonaviy yuqori texnologiyalar rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan 
bolalarni о‘rganishda birlamchi sensor, harakatlanish, nutqiy, hissiy buzilishlar, shuningdek, 
ushbu nuqsonlarning turli darajadagi aqliy zaiflik bilan kombinatsiyasini о‘zida birlashtirgan turli 
xildagi murakkab va kо‘p buzilishlarni ajratish va aniqlash imkonini beradi (T.V.Rozanova). 
Bolani birlamchi tekshirish bosqichida psixofizik rivojlanishdagi chetlanishlar mavjudligini 
aniqlashga qaratilgan skrining diagnostikasi alohida о‘rin tutadi. Tо‘liq skrining tibbiy tekshirish 
rivojlanishdagi buzilish tarkibi tо‘g‘risida ma’lumot olish, shuningdek. u yoki bu analizatorlar 
yoki bir varakayiga bir nechta tizimlarning buzilishiga olib kelgan sabablarni aniqlash imkonini 
beradi. Maxsus tadqiqot kognitiv jarayonlarning neyrofiziologik mexanizmlari holatini 
о‘rganishga 
qaratilgan; 
bolaning 

yoki 
perseptiv 
vazifalarni 
hal 
qilishida 
elektroensefalogrammalarni (EEG), vizual va eshitish qо‘zg‘atilgan potensiallarini(ZVP, SVP) 
tahlil qilishning zamonaviy usullaridan foydalaniladi. EEGning spektral-kogerent tavsiflari 
epileptik va noepilekptik parosizmlarni differensial diagnostika qilishda qо‘shimcha diagnostika 
mezoni sifatida ishlatilishi mumkin (N.K. Blagosklonova, L.P. Grigoryeva i dr.).
Turli kasalliklarga, shu jumladan, murakkab buzilishlarga irsiy moyillikni, shuningdek, 
patologiyaning namoyon bо‘lishida atrof-muhit omillarining rolini о‘rganish tibbiy genetika 
usullarini kompleks qо‘llashga asoslangan. Irsiy tadqiqotlarda turli xil uslubiyatlardan foydalanish 
mumkin. Sitogenetik usul tarkibida qon leykotsitlari – teri yoki ilik hujayralari bо‘lgan 
xromosomalarni, mikrokimyoviy tadqiqotlar uchun materialni о‘rganishdan iborat. Sitogenetik 
tahlilni qо‘llash natijasida nervpsixiatrik kasalliklarning yangi sinfi – aqliy zaiflikning X-
bog‘langan shakllari ajratildi. Xastalikning irsiy xususiyatini, kasallikni yoki alohida belgisini 
irsiy turini о‘rnatish, xromosomalarda genlar joylashishini aniqlash, ruhiy patologiyaning 
namoyon bо‘lish xavfini baholash genetik-matematik tahlilning maxsus usullari yordamida 
amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, dizontegenez turli variantlarining psixogenetik tadqiqotlari 
murakkab buzilishlarning etiologiyasi va patogenez mexanizmalari tо‘g‘risida anchayin qimmatli 
materiallarni taqdim etadi. M.S. Pevzner, G.P. Bertin murakkab nuqsonlari bо‘lgan bolalarni 
tekshirganlarida kо‘rsatib о‘tganlarki, tadqiqotlarning majmuaviyligi turli usullarni qо‘llash bilan 
belgilanadi (anamnestik, genealogik va h.k.), bu etiopatogenezga hamda nuqson tarkibida 
polimorfizmni aniqlash imkonini beradi. Hozirda zamonaviy tadqiqot usullari tufayli turli 
funksiyalar pastligini aniqlash, bosh miyaning organik shikaslanish darajasini baholash imkoniyati 
vujudga keldi. Klinik, neyropsixologik tadqiqotlarga (G.P. Bertin, M.G. Blyumina, YE.M. 
Mastyukova, A.G. Moskovkina i dr.) asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, murakkab buzilishlar 
kelib chiqishi turlicha bо‘lgan bitta yoki bir nechta – ekzogen yoki endogen sabablarga kо‘ra 
yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqotlar ma’lumotlariga kо‘ra (A.G. Moskovkina, T.V. Savkina) 
murakkab buzilishlarning sabablari sifatida kо‘rilishi mumkin bо‘lgan ularning ba’zilariga 
tо‘xtalib о‘tamiz. Mutaxassislarning fikricha, asfiksiya, tug‘ilish travmasi, intrauterin 
infeksiyalarga nisbatan noqulay fon sifatida kо‘rsatiladigan vaqtidan erta tug‘ilishga alohida 
e’tibor qaratilishi lozim. Vaqtidan erta tug‘ilish kо‘rish patologiyasini, markaziy asab tizimining 



Download 7 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish