• MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BOSHQARUVINI SIFAT JIHATDAN YURITILISHI VA UNING AHAMIYATI
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/568
    Sana18.01.2024
    Hajmi7 Mb.
    #140135
    TuriСборник
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   568
    Bog'liq
    ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 
    1.Basilova T. A. kar-kо‘r bolada dastlabki imo-ishoralarni shakllantirish shartlari . — 1987. 
    — №1. 
    2.Bertin G. P. karlikning yetiologik tasnifislepogluxoti.Defektologiya. 1985. 
    3.Balyumina M. G. murakkab nuqsonlarning tarqalishi, yetiologiyasi va klinik 
    kо‘rinishining ayrim xususiyatlari/ . — 1989. 
    4. Van Deyk, Jan. Obucheniye i vospitaniye deblindlykh kak osobnoy kategorii anomalnykh 
    detey— 1992. 
    5.Goncharova YE. L.chuqur kо‘rish va yeshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarda о‘qish 
    faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini shakllantirish.Defektologiya. — 1995. — № 4. 
    6.Mareyeva R. A.maktabgacha yoshdagi, tayyorlov, 1-va II sinf kar-kо‘zi ojiz о‘quvchilarni 
    о‘qitish va tarbiyalash dasturi loyihasi. - Moskva, 1982. 
    7.Meshcheryakov A. I.slepogluxoneme detey [kar-kо‘r bolalar], Moskva, 1974. 
    8.Meshcheryakov A. I.kо‘p nuqsonli bolalarni о‘qitish tajribasi11 . — 1973. 
    9.Sokolyanskiy I. A.Obucheniye slepogluxonemykh detey [kar-kо‘r bolalarni о‘qitish]. — 
    1989. — №2. 
    MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BOSHQARUVINI SIFAT JIHATDAN 
    YURITILISHI VA UNING AHAMIYATI 
    Rabbimova Shahnoza Soyib qizi 
    Oriental universiteti Ta’lim menejmenti 1-kurs magistranti 
    Ta’lim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat e’tiborida turgan dolzarb 
    sohalardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini isloh 


    73 
    “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
     
     takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
     
     
     
     
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
    06.12.2022 
     
    qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.
    Maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, 
    bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash 
    maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha 
    ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoni bilan 
    Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.Bugungi kunda O‘zbekistonda 14 mingdan ortiq 
    maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. 2019-yilda Maktabgacha ta’lim vazirligi 
    tizimga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 59,5 foiz bo‘lishi 
    kutilmoqda, shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik ta’lim bilan qamrab olish 
    rejalashtirilgan. 
    Ma’lumki, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy 
    dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan 
    modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, 
    shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga 
    yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha ta’lim 
    muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega 
    bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi 
    maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
    qarori misolida ko‘rsak, mazkur kontseptsiya maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
    takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, 
    maktabgacha ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, bir so‘z bilan aytganda, maktabgacha ta’lim 
    tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan bo‘lib, jarayonning ustuvorliklari 
    va bosqichlarini belgilab beradi. Kontseptsiya tasdiqlangandan so‘ng o‘tgan bir yildan ortiq vaqt 
    mobaynida maktabgacha ta’lim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar 
    bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
    Xususan, 2019-yilda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
    Respublikasi Qonuni qabul qilindi.Mazkur Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy 
    tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosati yo‘nalishlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, 
    Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, egaligida maktabgacha ta’lim 
    tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati 
    organlarining vakolatlari belgilangan. Qayd etilgan Kontseptsiyada 2030-yilgacha 3-7 yoshdagi 
    bolalarning 80,8 foizini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishining ta’minlanishi ko‘zda 
    tutilgan. Xususan, 2020-yilda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini qurish
    mavjudlarini rekonstruktsiya qilish, bir paytlar bog‘cha bo‘lgan binolarni qayta Maktabgacha 
    ta’lim vazirligi hisobiga qaytarish, maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini joriy etish kabi 
    chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda 
    Bilamizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aholiga asosiy xizmati 3 yoshdan 7 yoshgacha 
    bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim va tarbiyalash hisoblanadi.Meining fikrimcha mamlakatimiz 
    tomonidan shunday sharoitlar yaratib berilayotgan ekan bunga ma’suliyat bilan yondashishimiz 
    kerak ya’ni har bir daraxtning o‘z o‘q ildizi bo‘lgan kabi maktabgacha ta’lim tashkiloti bu o‘q ildiz 
    raxbar hisoblanadi.Raxbar qanchalik yuqori bilim va malakaga ega bo‘lsa undan chiqayotgan nihol 
    ya’ni ishchi xodimlar baquvvat,chidamli bo‘lim o‘sadi va rivojlanadi. Har bir rahbar o‘z 
    maktabgacha ta'lim muassasasini rivojlantirishning asosiy maqsadlarini belgilab, pedagogik jamoa 
    bilan birgalikda butun pedagogik jarayonni tashkil qiladi, ya'ni u doimiy ravishda olingan 
    natijalarni rejalashtirilgan natijalar bilan taqqoslaydi. Bu vaziyat bo‘yicha tezkor qarorlar qabul 
    qilishni talab qiladi.Tezkor qarorlar sifat jihatini ham o‘z ichiga olish lozim.
    Maktabgacha ta'lim sifati - bu bolalar bog‘chasidagi pedagogik jarayonning shunday 



    Download 7 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   568




    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish