|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 81
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
NOZIK XARAKATLARNING RIVOJLANISHI – BOLALARDA NUTQ
RIVOJLANISHINING OMILI
Mamatova Muzayyana
Nizomiy nomidagi TDPU Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi
Xaydarova Y.
TDPUtalabasi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni komil inson bo‘lib yetishishida nutqning ahamiyati
beqiyosdir. Nutq bu o‘ziga xos jarayon bo‘lib, barcha oliy psixik funksiyalarni tashkillashtiradi va
ularning shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir etadi. Til – insoniyat muloqot qilishni
boshlaganidan buyon muloqot vositasi bo‘larkan, nutq – harakatdagi tildir. Bolalarda nutqiy
ko‘nikmalarni rivojlantirishda mayda qo‘l harakatlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Mayda
qo‘l harakatlarining shakllanishi xotira va tafakkur qobiliyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, aynan mayda qo‘l motorikasi bola xayotining ilk davridayok uning rivojlanish
jarayonini aks ettirib, intellektual qobiliyat darajasini ko‘rsatadi. Mayda qo‘l motorikasi
rivojlanmagan bolalarda qalam, qoshiqni epchillik bilan ushlay olmaslik, tugmalarni qaday
olmaslik kuzatiladi.Ular mayda konstruktor qismlarini yig‘ishda qiyinchiliklarga uchraydilar.
Ushbu bolalarga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri – ular bir harakatdan ikkinchi harakatga
o‘tishda qiyinchiliklarga uchraydilar.
Bolalarda mayda qo‘l motorikasi va barmoqlar mohirligini rivojlantirish muommosi
bolaning shaxs sifatida rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bola o‘zining rivojlanish
jarayonida barmoqlarini boshqara olishi orqali ko‘proq mustaqil, atrofdagilarga boglanib
qolmasligini ta’minlaydi. Buning natijasida bola faoliyati davomidi turli yo‘nalishlarda
tashabbuskor bo‘lishi kuzatiladi.Tasviriy faoliyat davomida barmoqlar harakatlanishi uning qay
darajada rivojlanganligini aks ettiradi. Ijodkorlik jarayonida bolaning barmoq va kaftlaridagi
biologik faol nuqtalarning tabiiy ta’sirilanishi ro‘y berib, ko‘rish, harakatlanish va xotira
faoliyatini takomillashtiradi.
Suxomlinskiyni fikriga ko‘ra, «Qobiliyat manbai va bolalarning iste’dodi ularning barmoq
uchlaridadir”, boshkacha aytganda, bolaning qo‘llari qanchalik mohir bo‘lsa, aqlning yuksalish
darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tgan [3]. Yana bir rus olimasi L.Fomina
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalarning barmoqlari harakati shartli
ravishda nutq rivojlanishini normal holatga keltirishga yordam beradi, degan fikrni ilgari surgan
[4]. Shuningdek, bolalarda nutq bilan birga nozik barmoqlar harakatlarini paralel ravishda
rivojlantirish uning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga poydevor bo‘ladi. A.R.Luriya ko‘p yillik
tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladi: «Bolalarda qo‘llar va barmoqlar harakatini
shakllantirish va rivojlantirish ularning aqliy qobiliyatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, shu sababli
bolaning ilk rivojlanish davridanoq barmoqlar harakatiga alohida ahamiyat berish lozim [2].
Adabiyotlar tahlillaridan kelib chiqib, amaliy faoliyatimizda nutqning rivojlanishi, ko‘rish-
borliqqa oid koordinatsiyani rivojlantirish, bilishga oid va nutqiy fikrlash faoliyatini faollashtirish
uchun quyidagi usullardan foydalanish yuqori samara berishiga ishonch hosil qildik:
Barmoqqa oid mashqlar va o‘yinlar.
Loviyali vanna.
Massaj va o‘z-o‘zini massaj
Narsa yasash.
Yormalar bilan o‘ynash.
Tugmalar va munchoqlarni qadash.
Stolda yoki boshqa yuzada kafti bilan qalamni dumalatish.
Qum terapiyasi.
Rasm chizish yoki izoterapiya.
Chiziqlar chizish va h.k.
|
| |