• 2-SHO‘BA. UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHQARUV JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH UMUMTA’LIM MAKTABLARINI BOSHQARISHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI KENGAYTIRISH
  •   “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/568
    Sana18.01.2024
    Hajmi7 Mb.
    #140135
    TuriСборник
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   568
    Bog'liq
    ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

    83 
    “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
     
     takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
     
     
     
     
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
    06.12.2022 
     
    2-SHO‘BA. UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHQARUV
    JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
    UMUMTA’LIM MAKTABLARINI BOSHQARISHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI 
    KENGAYTIRISH 
    Temirov Dilshod Sheraliyevich, 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish 
    davlat inspeksiyasining Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan 
    olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa 
    doktori (PhD), dotsent 
    Ta’lim tizimini rivojlantirishning bugungi kundagi vazifalari va uni amalga oshirish 
    mamlakatning ta’lim sohasidagi davlat siyosatini shakllantirishda, ta’limni boshqarishda, uning 
    samaradorligi va sifatini baholashda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishni taqozo etmoqda. 
    A.I.Adamskiyning fikricha, ta’limiy siyosat – bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabat, 
    bu davlatning qiziqishi va ehtiyojlari bilan fuqarolarning ta’limiy va hayotiy qiziqishlari va 
    ehtiyojlari o‘rtasidagi munosabatlar tizimi. Ta’kidlash joizki, bu yerda gap davlat bilan ta’lim 
    tizimi o‘rtasidagi munosabatni nazarda tutuvchi rahbarlik (boshqaruv) strukturasi haqida emas
    balki sifatli, samarali ta’limning hammabopligini ta’minlovchi siyosat haqida ketayapti[1]. 
    Ta’limni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri ham davlat, ham fuqarolarning qiziqish 
    va ehtiyojlariga asoslangan holda ta’lim muassasasini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishdan 
    iborat. 
    Tabiiyki, ta’lim muammolarini hal etish jarayonida davlat institutlari bilan jamiyat 
    o‘rtasidagi munosabatlar vazifalarni belgilash borasida ham, ularni hal etish borasida ham o‘zgarib 
    turadi. 
    P.G.Shedrovskiy tomonidan haqli tarzda ta’kidlanishicha, “hech qanday vazifalar ta’lim 
    muassasasi va jamiyatning muayyan sektorlarida kechayotgan natijaviy hamkorligi jarayonlarisiz 
    mahsuldor tarzda hal etilishi mumkin emas”[2]. Aynan shu bois davlat, ta’lim va jamiyatning 
    qiziqishlari kesishuv nuqtasida umummilliy maqsadlar, ustuvor yo‘nalishlar va qadriyatlar asosida 
    ta’limiy siyosat quriladi. 
    Ta’lim siyosatini shakllantirish, ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilishda 
    jamoatchilikning ishtirokini rivojlantirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining yaqin 
    kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Ta’limni boshqarishga oid tadqiqotlarning 
    son jihatidan salmoqliligi shundan dalolat beradiki, ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish 
    muammolarini tadqiq etish jahon miqyosida e’tibor qaratilayotgan muammolar sirasiga kiradi. 
    Davlat siyosati prinsiplari ichida boshqaruvning ta’lim muassasalarini bu jarayonda ishtirok 
    etish uchun pedagoglar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari yoki ta’limni boshqarishning davlat 
    organlarining qonuniy vakillari ishtirokini ta’minlovchi o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida 
    qurilgan 
    demokratik, 
    davlat 
    va jamoatchilik xarakteridagilari ajralib turadi. 
    Bir vaqtning o‘zida ta’lim tizimi fuqarolik jamiyatining bo‘lajak faol sub’ektlarini 
    tayyorlashning eng qudratli instituti va instrumenti bo‘lib, ko‘p jihatdan uning siyosati 
    mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sur’atlarini belgilaydi. 
    Bunday sharoitlarda ta’limni davlat tomonidan boshqarilishida ishtirok etuvchi barcha 
    tomonlar anglashi lozimki, bu yerda gap ta’lim muassasasini boshqarishning yangi ideologiyasi 
    va texnologiyasi haqida emas, balki davlatni rivojlantirishda erkin va mas’ul shaxslarning ishtiroki 
    haqida ketayapti. 
    Shunday qilib, bir tomondan ta’lim tizimi ob’ektiv tarzda kuchlarni jamiyatda taqsimlanishi 
    va davlat hamda jamiyat o‘rtasidagi mavjud munosabatlarga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu 



    Download 7 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   568




    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish