“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

84 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
munosabatlarni fuqarolarning yangi avlodini rivojlantirish foydasiga o‘zgartirish uchun sharoit 
yaratadi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining 
hamkorlikdagi faoliyatiga asoslangan boshqaruv – bir tomondan, tashkilotlar, fuqarolik jamiyati 
vakillari hamda hususiy iqtisodiy sektor – ikkinchi tomondan u yoki bu ijtimoiy sohalarda, 
jumladan, ta’lim sohasida o‘zida “davlat-jamiyat boshqaruvi” fenomenini namoyon etadi[3]. 
Boshqaruvning davlat-jamiyat xarakteridagi tushuncha avval boshidan davlatning ta’limiy 
siyosatining bu prinsipni kengroq miqyosda, kengroq ijtimoiy kontekstda – davlat va fuqarolik 
jamiyati o‘rtasidagi munosabatlar negizida ko‘rishni nazarda tutgan. 
Ta’lim muassasasini boshqaruvining davlat-jamiyat boshqaruvi haqidagi bir qator tortishuvli 
xulosalarni tahlili har xil ma’no kasb etuvchi yondashuvlarga tavsif berish imkonini beradi. 
Bir vaziyatlarda davlat-jamiyat shaklidagi boshqaruvga ta’lim muassasasining vazifalarini 
kengaytirish maqsadida nodavlat strukturalari va sub’ektlarini ishtirokiga yo‘l qo‘ygan holda 
kengroq qarash amal qilsa, boshqa holatlarda ta’lim muassasasini boshqarishning davlat-jamiyat 
shaklida esa bu tushunchaning “boshqaruv” terminiga aniq yondashuv amaliyoti qo‘llaniladi. 
Ijtimoiy boshqaruv nazariyasi har qanday boshqa faoliyatlardan aniq ajralib turadi va bu 
tafovut uni ijtimoiy tashkilot – ta’lim muassasasining maqsadlarini belgilash va unga erishishdagi 
mas’uliyati bilan bog‘lanadi. Amaliy jihatdan esa boshqaruvning muhim alomatlari sifatida 
boshqaruv ob’ektini boshqaruvga oid qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va ro‘yobga chiqarishda 
namoyon bo‘lakdi. Bu, o‘z navbatida, boshqaruv hokimligining muayyan vakolatlari bilan bog‘liq. 
Ta’limni davlat-jamiyat yo‘sinida boshqarishni shakllanishida “ta’lim muassasasini 
boshqarishning davlat-jamiyat boshqaruv shakli” tushunchasinining boshqa tashkiliy-pedagogik 
kategoriyalar tizimidagi o‘rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham “davlat-
jamiyat boshqaruvi” tushunchasining tarkibiy terminlari mazmuniga aniqlik kiritish ehtiyoji 
yuzaga keladi. 
Odatda, “davlat” haqida fikr bildirganimizda, boshqaruvning bu tarkibiy termini muayyan 
subyektlarni nafaqat davlat statusi (maqomi) bilan bog‘liq bo‘lgan strukturani, balki ularni 
davlatga tegishli ekanligini, davlat tomonidan belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat 
ko‘rsatishini nazarda tutamiz. 
Davlat boshqaruvi ta’lim tizimining barcha darajalarida amalga oshirilar ekan, 
boshqaruvning davlat-jamiyat ko‘rsatkichi tizimning barcha bo‘g‘inlarini qamrab olmog‘i lozim. 
Shu nuqtai nazardan nafaqat ta’lim organlari hamda ta’lim muassasalarining rahbarlari, balki 
ta’lim sohasi xodimlari ham davlat boshqaruvining tarkibiga kiradilar. 
Shunday qilib, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat shakli davlatning ta’lim sohasidagi 
siyosati prinsipi sifatida ta’limning barcha jabhalariga taalluqli bo‘lishi, ta’lim muassasalari, 
ta’limiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari faoliyati uchun yangi sharoitlarni taqdim etmog‘i 
lozim. 
Ta’lim sohasiga aloqador bo‘lgan jamoatchilik har xil sub’ektivlik darajasiga ega bo‘lishi 
mumkin. Ta’lim bilan aloqada bo‘lgan jamoatchilik muayyan darajadagi shartlilik asosda 
professional va noprofessionallarga bo‘linishi mumkin. Shunday tasnifga ko‘ra professional 
jamoatchilikka o‘zining professional birlashmalari, jamiyati, assotsiatsiyalarini tuzgan ta’lim 
sohasi xodimlari kiradi. 
Ta’kidlash joizki, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda shunday pedagogik assotsiatsiyalar 
ta’lim tizimiga kuchli ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega. 
Ta’lim muassasasini boshqarishda noprofessional jamoatchilik bilan pedagoglarning 
o‘zlarini pedagogik jamoasi o‘rtasida muayyan aloqadorlik, hamkorlik mavjud. Agar pedagogik 
jamoaning rahbari, ish beruvchi bilan pedagoglarning, ta’lim muassasasining boshqa xodimlari 
o‘rtasida hamkorlikni nazarda tutadigan bo‘lsak, ta’lim muassasasining jamoasi davlatning ta’lim 
sohasidagi siyosatining ijrochilari, boshqacha so‘z bilan aytganda, boshqaruvning maktabdan 
tashqari, jumladan, ota-onalar jamoatchiligi oldida davlat vakili sanaladi. 



Download 7 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish