|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 85
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
A.M.Moiseyev davlat-jamiyat boshqaruvi tushunchasini quyidagicha talqin qiladi: “Bu
boshqaruvning alohida tip(tur)i bo‘lib, sub’ektlar va ularning organlarini davlatning ta’lim
sohasidagi qiziqishlari, siyosati, kafolatlari va kompetensiyalarini o‘zida mujassam etuvchi
ta’limni boshqarishda doimiy va mas’ullik bilan ishtiroki va hamkorligi bir tomondan, ikkinchi
tomondan esa jamiyat va aholini qiziqishlarini namoyon etuvchi va uni amalga oshiruvchi xos
xususiyatdir. Ta’limni davlat-jamiyat shaklida boshqarishni ham alohida, biroq hamkorlikda
faoliyat yurituvchi davlat va jamoatchilik shakllari orqali, ham hamkor tashkilot va davlat-jamiyat
shakllarini tuzish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin”[4].
Keltirilgan tavsifdan ta’limni davlat-jamiyat tarzida boshqarish muammosini tadqiq
etishning ob’ekti faqat ta’limni boshqarish tizimining institutsional shaklidagi haqiqiy va huquqiy-
ijtimoiy fenomen ekanligini anglash mumkin.
Ta’lim muassasasi vasiylik jamoat fondi ta’lim muassasasi Kengashi, maktab yoshlarining
jamoat tashkiloti rayosati bilan hamkorlikda maktab atrofidagi jamoatchilikka ta’sirni kuchaytirish
bo‘yicha hamkorlik faoliyati dasturini ishlab chiqadi hamda uni amaliyotga joriy etadi, mahalliy-
hududiy muammolarni hal etish bo‘yicha maktabdan tashqari mahalliy ijtimoiy guruhlarni tuzish,
mahalliy miqyosdagi muammolarni – ta’lim muassasasi, mikrorayon hududini obodonlashtirish,
ijtimoiy yordam ko‘rsatish, madaniy dam olish, sport va sog‘lom turmush tarzini tashkil etish,
qonunbuzarlikni oldini olish, havaskorlik ijodiyoti kabi muammolarni hal etishga oid tadbirlarni
amalga oshiradi.
Yuqorida qayd etilgan tashkiliy-huquqiy va tashkiliy shakllardan varitaiv tarzda ta’lim
muassasasi faoliyatida parallel tarzda yoki navbatma-navbat foydalanish ham mumkin.
|
| |