|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 87
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tadqiqotchilar to‘qnashuvlar, kurashlar, qarama-qarshiliklar kabi atamalarni ham kiritadilar.
Bunda har ikkala tomonning o‘zaro mos kelmaydigan ehtiyojlari, mayllari, maqsadlari,
yondashuvlari, nuqtai nazarlari, xulq-atvorlari aksariyat hollarda kuchli hissiyotlar asosida
vujudga keladigan oqibatlarda namoyon bo‘ladi.
Pedagoglarning vazifasi umumta’lim maktablarida vujudga keladigan pedagogik
ziddiyatlarni oldindan his etish va bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
Ziddiyat tushunchasini mavjudligini e’tirof etish uchun keng ma’nodagi ziddiyat
tushunchasini anglab yetish lozim. Kattalar nasihatlariga quloq solmasdan o‘z hatti-harakatlarida
ziddiyatlarni ifodalashga intilish mavjud bo‘lganda bunday o‘quvchilar bilan alohida ishlash
lozim. O‘quvchilarning o‘zlarini bunday tutishlari nafaqat ularning xatosi, balki yetishmovchiligi
ham hisoblanadi.
Olimlarning fikr-mulohazalariga tayangan holda shuni aytish mumkinki, tadqiq etilayotgan
muammoga nisbatan ularning munosabatlari keng va ko‘pyoqlamadir. Ziddiyatlarga nisbatan uch
xil nuqtai nazarning mavjudligi kuzatiladi. Birinchi nuqtai nazar olimlarning ziddiyatlarga
nisbatan bir xildagi munosabatlaridir. Ular ziddiyat tushunchasining markaziga qarama-
qarshilikning ob’ektini qo‘yadilar. Bu to‘qnashuvlar yoki kurashlardan iboratdir.
A.Giddens[2]ning ta’biricha, qarama-qarshiliklar tushunchasi bir qator strukturalar bilan
bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy tizim doirasidagi eng nozik, qaltis va bo‘sh bo‘g‘inni ifodalaydi. Shu bilan
bir qatorda, ziddiyatlar turli guruhlar va shaxslarning qiziqishlari turli-tumanligi, o‘zaro
farqliligini ham ifodalaydi. Qarama-qarshiliklar har doim ham o‘zida ziddiyatni ifodalayvermaydi.
Qarama-qarshiliklarni ziddiyatlarga aylantirish uchun qiziqishlarning o‘zaro turli-tumanligini, bir-
biriga nomutanosibligini hamda xulq-atvor mayllarining o‘zaro bog‘liqligini anglab yetish lozim.
Agar bunday holat mavjud bo‘lmasa, ziddiyat ham mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi nuqtai nazarga
ko‘ra, ziddiyat bu kuchli hayajonlanish va ruhiy larzaga kelish holati, vujudga keladigan
rivojlanishga nisbatan buzg‘unchilikdir. Bunda ziddiyat rivojlanishning ikkita o‘zaro qarama-
qarshi bo‘lgan holati orqali namoyon bo‘ladi:
1) tarang munosabatlar vujudga kelgunga qadar;
2) tarang munosabatlar vujudga kelgandan keyin hosil bo‘ladigan ziddiyatlar.
Ziddiyatlarning vujudga kelishiga nisbatan uchinchi nuqtai nazar ziddiyatning markazida
sub’ektning qo‘yilishidir. Bunda ziddiyat vaziyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda o‘quvchiga
qarama-qarshi yo‘naltirilgan kuchlar ta’sir ko‘rsatadi. Yoki o‘quvchi uni tushunadi, tarsavvur
qiladi yoki uning qiziqishlariga zarar yetkaziladi, yoki mensimaslik natijasida salbiy tomonga
yo‘naltiriladi.
Turli nazariyalarning mavjudligi[3] natijasida shu narsa ayon bo‘ladiki, mutaxassislar inson
tabiati va uni baholash mezonlariga turli tomondan yondashadilar. Shuning uchun ham
ziddiyatlarning tasnifiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelgan. Aksariyat olimlar
ziddiyat asosida yotgan qarama-qarshiliklarni o‘rganibgina qolmasdan, uni turli asoslarga ko‘ra
tasnif qiladilar. Bu ziddiyatlarning tabiatini o‘rganish va ularni bartaraf etish uchun nihoyatda
zarurdir.
Bugungi kunga kelib ilmiy manbalarda ziddiyatlarning ko‘plab tasniflari mavjud. Bu
tasniflarning har biridan o‘quvchilarning turli muammolarini yechishda foydalaniladi. Chunki
ularning har biri o‘zaro teng tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur tasniflarning ba’zilari
o‘quvchilarning muammolarini yechishda ko‘p foydalanilganligi uchun ham ko‘plab manbalarda
uchrab turadi. Boshqalariga esa juda kam murojaat qilinadi. Eng mashhur tasniflardan biri,
ijtimoiy hamkorlik ko‘lami hamda ziddiyat ishtirokchilarining tomonlarini ifodalovchi tasnifdir.
Mazkur tasnifga binoan, barcha ziddiyatlar guruhlararo, guruhlar ichida, shaxslararo hamda
shaxslar ichida mavjud bo‘ladi. Bu ziddiyatlarning har biri o‘z ko‘rinishlariga ega. Ushbu tasnif
bizda alohida qiziqish uyg‘otdi. Chunki ushbu tasnif asosida biz umumta’lim maktablari
boshqaruv jarayonida vujudga keladigan pedagogik ziddiyatlarni o‘rganish va bartaraf etishga
harakat qilamiz. Mazkur ziddiyatlar birinchi navbatda o‘quvchilar orasida o‘quv-tarbiya
|
| |