• FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR RO‘YXATI
  •   “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/568
    Sana18.01.2024
    Hajmi7 Mb.
    #140135
    TuriСборник
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   568
    Bog'liq
    ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

    94 
    “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
     
     takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
     
     
     
     
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
    06.12.2022 
     
    Umumta’lim maktablari strategik boshqaruvining yana bir ta’rifi - bu mavjud salohiyatdan 
    maqbul foydalanish va tashqi o‘zgarishlarga moyil bo‘lib qolish imkonini beruvchi o‘zgaruvchan 
    va noaniq muhitda ta’lim muassasasi maqsadlariga erishishni ta’minlash faoliyatidir. 
    FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR RO‘YXATI 
    1. Кембел Д. Стрaтегический менеджмент. Мoсквa, Инфрa-М, 2003 г. 
    2. Вихaнский O.С. Стрaтегическoе упрaвление. – М.: Делo, 2001 г. 
    SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI DUDUQLANISH NUTQ NUQSONIDA 
    NAMOYON BO‘LISHINING O‘ZIGA XOSLIGI
    Alimova Kamola Xayrulla qizi
    Nizomiy nomidagi TDPU Logopediya kafedra o‘qituvchisi
    “Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik 
    oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda 
    maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – ijtimoiy ahvolidan 
    qat’iy nazar, maktabgacha tarbiya yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq 
    qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat...”.
    Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to‘g‘ri shakllanishi 
    atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma 
    qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel 
    ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal 
    rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli 
    shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining 
    rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu 
    kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Nutq kamchiligi logopediya 
    fanida muayyan tilning me’yorlaridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. Nutq kamchiliklari 
    quyidagilar bilan xarakterlanadi: Nutq kamchiligi o‘z-o‘zidan barham topmaydi, balki vaqt o‘tgan 
    sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib boradi.
    Og‘ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham 
    salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday nutq kamchiliklaridan biri duduqlanish hisoblanadi. 
    Duduqlanish- bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur’at-ohangining 
    buzilishidir. Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta ’limotning rivojlanishi 
    tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Qadimgi davrlarda duduqlanishni ko‘proq 
    bosh miyada namlikning to‘planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining 
    o‘zaro noto‘g‘ri munosabati (Aristolel) bilan bog‘liq holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish 
    paytida nutq apparatining markaziy yoki periferik (sirtqi) bolimlarida buzilish bo‘lishi 
    mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino e ’tirof etdilar. Duduqlanishning paydo bo‘lishida bosh miya 
    qobig‘idagi nerv jarayonlarining buzilgan (ularning kuchi va harakatchanligining оrtishi) o‘zaro 
    munosabatlari muhim rol o‘ynaydi. Katta yarimsharlar qobig‘i faoliyatidagi nerv buzilishi, bir 
    tomondan , nerv sistemasining holati, uning me ’yordan chetlashishiga tayyorligi bilan bog‘langan 
    bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, nerv buzilishi noxush tashqi omillar bilan bog‘langan bo‘lishi 
    mumkin. Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtayi nazarlarni ko‘rib chiqib, 
    duduqlanishning paydo bo‘lish mexanizmlari bir xil emas, degan asosiy xulosaga kelish mumkin. 
    Ayrim hollarda duduqlanish murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida e’tirof etiladi, u esa bosh miya 
    qobig‘idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va qobiq osti o‘zaro munosabatlarining 
    buzilishi umumiy nutqiy harkatlar (ovoz, nafas olish. artikulatsiya) sur’atining zaiflashuvi oqibati 
    hisoblanadi.
    Chet ellik tadqiqotchilar duduqlanishning kelib chiqish sabablari bolalarni noto‘g‘ri 
    tarbiyalash, deb ko‘rsatadilar (A.Sherven, 1908); yuqumli kasalliklarning oqibatida a’zolarning 



    Download 7 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   568




    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

    Download 7 Mb.
    Pdf ko'rish