“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

95 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
astenizatsiyalashuvi (A.Gutsman)tili chuchuklik, taqlid qilish, infeksiya, yiqilish, qo‘rqish, 
o‘qitish paytidagi chapaqaylik deb belgilashdi. (T. Beifsher, 1912; E. Freshels, 1931).Shunday 
qilib, duduqlanish etiologiyasida ekzogen va endogen omillarning jami qayd qilinadi (V.A. 
Gilyarovskiy, M.Ye. Xvatsev, I.A. Vlasova, N.I. Krasnogorskiy, N.I. Tyapugin, M. Zeeman va 
boshqalar).Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarini ikki guruhga: moyillik sababi ("negiz'ga) va 
keltirib chiqaruvchi sababga (''turtki"ga) ajratish mumkin. Duduqlanish nutq nuqsonida shaxslar 
aro munosabarlar xam dolzarb muammolardan biridir. Shaxs- atrofdagi olamni, undagi hodisalarni 
faol anglovchi va qayta ishlovchi insondir. Shaxs jamiyatda o‘z-o‘ziga va boshqalarga nisbatan 
ma’lum pozitsiyada turuvchi, ma’lum qarashlar, fikrlar, ideallar tizimiga ega bo‘lishi ko‘zda 
tutiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq ijtimoiy mavjudot bo‘lsa ham, uni shaxs deb bo‘lmaydi. Bola 
shaxsi kattalar bilan muloqotda insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallash jarayonida shakllanadi. 
Shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi bugungi kunda o‘ta muhimdir. Zero, har bir 
shaxsning jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga munosabati, ularni idrok qilishi va anglash 
darajasi,o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatining tabiati, xulqidagi ijtimoiy yo‘nalishlar katta 
ahamiyatga egadir.
Ayniqsa bolaning voyaga yetishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi, ya’ni ijtimoiy 
munosabatlar muhitiga kirib borishi, uning shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi asosan maktab yillariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun 
maktab oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun sharoit yaratish, uning 
individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaning eng ma’qul usullarini 
joriy etishdir. Layoqatini ilk yoshligidan aniqlash, iqtidorini har taraflama o‘stirish, bilimlarini 
oshirish va hokazo. Shaxslararo munosabatlar - bu boshqa odamlar bilan har qanday munosabatlar. 
Shaxslararo munosabatlarning shakllanishi inson tug‘ilishidan boshlanadi va uning butun hayoti 
davomida davom etadi. Dastlab, shaxs ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘qituvchilarning yordami bilan 
jamiyat bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rganadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan, shaxsning 
shaxsiyati nihoyat shakllanganda, shaxslararo aloqalarni qurish faqat insonning individual 
fazilatlariga va uning muloqot qilish qobiliyatiga bog‘liq. 
Shaxsalararo munosabatlarning turli xil talqinlari mavjud: K.K.Platonov-,,Shaxslararo 
munosabatlarni turli guruh insonlarining orasida muloqot jarayonida, o‘zaro mulohazalar, bilim 
almashish asosida paydo bo‘luvchi ommaviy tur hisoblanadi. Shaxslararo munosabatlar umumiy 
maqsadga erishish uchun gohida yordam beruvchi, gohida halaqit qiluvchi psixologik sharoit 
yaratadi".
A.V.Petrovskiy va I.V.Dubrovina-, “Shaxslararo munosabatlarni insonlar orasidagi xarakter 
xususiyatlarini, hissiyotlarini birgalikdagi faoliyat va muloqot jarayonida obyektiv ko‘rsatib 
beruvchi jarayon deb ataladi”. 
Nutq nuqsoniga ega guruh bolalarida hissiy-iroda sohalarida ham kamchiliklar kuzatiladi. 
Ayrim bolalarda hissiy-iroda sohasidagi kamchiliklar ruhiyatini yemirishi, tormozlanganlik, 
qo‘rquv, kayfiyatining tez-tez o‘zgarishi kabi holatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsa, ayrim 
bolalarda qo‘zg‘aluvchanlikning ortishi, asabiylashganlik, yig‘loqilik, atrofdagi odamlarga va 
muhitga nisbatan norozilik xislatlarida aks etishiga sabab bo‘lsa, yana boshqa bolalarda atrofdagi 
voqea-hodisalarga va odamlarga befarqlik, irodasizlik kabi xislatlar keltirib chiqaradi. 
Duduqlanishni davolashda va ikkilamchi nuqsonni oldini olishda o‘z atrofdagilarning 
munosabati katta rol o‘ynaydi. Ota-onalar o‘z farzandlariga duduqlanishi paydo bolish davrida 
yordam berishlarva uning nutqiy rivojlanishiga samarali ta’sir etish hollari kamdan kam kuzatiladi. 
Ko‘p hollarda ota-onalar duduqlanuvchi farzandlariga haddan ziyod e’tiborli bo‘ladilar. 
Ayrim ota-onalar duduqlanishga katta ahamiyat bermay, boladagi nutq nuqsonini o‘zlari 
bartaraf etishga harakat qiladilar, masalan: bolaning nutqdagi xatolarini bolaga ko‘rsatadilar va 
to‘g‘ri nutqqa taqlid qilishni talab etadilar. Buning oqibatida bola o‘z nuqsonini yanada chuqurroq 
anglab yetadi. Bola to‘g‘ri gapirishga harakat qiladi. Bola qanchalik qiynalsa duduqlanish shuncha 
kuchayadi, ya’ni duduqlanuvchi bola o‘zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uning 
nutqi shunchalik yomonlashib boraveradi.



Download 7 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish