|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 93
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tizimlari va yondashuvlarining paydo bo‘lishini rag‘batlantiradi. Agar tashqi muhit amalda
barqaror bo‘lsa, strategik boshqaruv bilan shug‘ullanishning alohida ehtiyoji yo‘q.
Biroq, hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarining aksariyati tez o‘zgaruvchan va oldindan
aytish qiyin bo‘lgan muhitda faoliyat yuritadi, shuning uchun ularga strategik boshqaruv usullari
suv va havoday zarur.
Umumta’lim maktablari strategik boshqaruvi o‘z tarkibi, ichki qiyofasi, mohiyatri nuqtai
nazaridan olib qaralsa uchta zaruriy savolga javob bera olishi darkor, ular:
umumta’lim maktabining har jihatdan hozirgi ahvoli qanday holatda?
umumta’lim maktabi direktori (menejeri) sifatida birmuncha vaqt o‘tib, masalan, to‘rt-besh,
o‘n, o‘n besh yildan keyin qaysi maqomda (lavozimda) faoliyat ko‘rstishni xohlar edingiz?
umumta’lim maktabi o‘zi tuzgan strategiya bo‘yicha xohlagangan vaziyatga (pozitsiyaga)
qanday erishish va yetishish mumkin?
Birinchi savolga javob berish uchun menejerlar keyingi qayerga borishni hal qilishdan oldin
umumta’lim maktabining hozirgi holatini yaxshi tushunishlari kerak. Bu esa o‘z navbatida
boshqaruv tafakkuri mahsuli sanalgan boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini o‘tmish, hozirgi
va kelajakdagi holatlarini sinchiklab o‘rganib chiqish (tahlil qilish) uchun tegishli ma’lumotlar
bilan ta’minlaydigan axborot asosining zarurligini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘yadi.
Ikkinchi savol strategik boshqaruvning kelajakka yo‘naltirilganligi kabi muhim xususiyatini
aks ettiradi. Bunga javob berish uchun nimaga intilish, qanday maqsadlarni qo‘yish kerakligini
aniq belgilash kerak.
Umumta’lim maktablari strategik boshqaruvining keyingi masalasi tanlangan strategiyani
ro‘yobga chiqarish bilan bog‘langan bo‘lib, ro‘yobga chiqarish vaqtida oldingi ikki bosqichga
o‘ziga yarasha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritish mumkin. Mazkur bosqichning
eng muhim tarkibiy qismlari mavjud moliyaviy, mehnat, tabiiy kabi resurslar, shuningdek,
boshqaruv yo‘nalishi, umumta’lim maktabining tashkiliy tuzilmasi va tanlangan strategiyani
ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi asosiy boshqaruv subyekti sanalgan inson resurslarining faol
qismidir. I. Ansoff kelajak boshqaruvini bir biriga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, bir-birini
to‘ldiruvchi ikkita, kelajak vaziyatni (strategik pozitsiyani) sinchiklab o‘rganish (tahlil qilish) va
tanlash asosidagi real vaqt mobaynida tezkor boshqaruv kabi quyi tizimlardan iborat deb
hisoblashni qayd etadi va o‘z navbatida tavsiya qiladi [2].
Strategik boshqaruv va strategik rejalashtirish o‘rtasidagi farqlar, ular strategiyani amalga
oshirish jarayoni bilan bog‘liqligidan tashqari, bir qator boshqa muhim omillar bilan belgilanadi:
axborot mazmuni - strategik boshqaruvda tashqi muhitning noaniqlik o‘lchovi bir vaqtning
o‘zida o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning zaiflashishi bilan ortadi va natijada boshqaruv
tizimining axborot mazmuni kamayadi. Bu tashqi muhit uchun yanada sezgir axborot nazorati
tizimlarining rivojlanishiga olib keladi;
strategik kutilmagan hodisalarning paydo bo‘lishi, masalan, OTM ga krish uchun fanlar
blokining o‘zgarishi, bu strategik qarorlarni rejalashtirish davrlaridan tashqarida qabul qilishga
majbur qiladi, ya’ni strategik boshqaruv rejalashtirish davrlarida tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga
tezkor javob berish bilan tavsiflanadi. Bunday kutilmagan hodisalarni ushlash uchun real vaqt
rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilish tizimlari
yaratilmoqda (onlayn tizim);
umumta’lim maktablarida strategik boshqaruvning tashqi o‘zgarishlarga munosabati ikki
tomonlama bo‘ladi, ya’ni uzoq muddatli va bir vaqtning o‘zida tezkordir. Uzoq muddatli javob
strategik rejalarga kiritilgan, tezkor javob real vaqt rejimida rejalashtirilgan sikldan tashqarida
amalga oshiriladi;
umumta’lim maktablari strategik boshqaruvida tashqi muhit berilgan va o‘zgarmas jarayon
sifatida qaralmaydi, unga umumta’lim maktablari moslashishi kerak. Aksincha, tashqi muhitni
o‘zgartirish usullari va strategiyalari ko‘rib chiqiladi.
|
| |