“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

100 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
kechib ketish uchun emas. Oila hayoti hech qachon osonlikcha shodu-hurramlik, baxt-saodatdan 
iborat bo‘lmaydi. Turmushda g`am-anduhlar, ixtilof va tashvishlar, qiyinchilik va 
yetishmovchiliklar, qayg`u va musibatlar yetarlicha uchraydi. Ularni er va xotin birgalashib 
yengsagina, oila kamol topadi murg`aklar qalbida dog` qolmaydi. Ming afsuslar bo‘lsinki, 
jo‘jalarining chiyillashidan bezor bo‘lib, ularni inkubatrga topshirib, o‘zi hech narsa 
ko‘rmagandek don terib yuradigan “tovuqlar”[2] ham oz emas. Bugungi kunda mehribonlik 
uylarida voyaga yetayotgan chin yetim farzandlardan tashqari o‘z ota-onasi bo‘la turib, shu yerda 
yashashga majbur bo‘lgan farzandlar bunga yorqin misoldir. Bugungi kunda davlatimiz 
mehribonlik uylariga muhtoj farzandlarni qarovsiz tashlab qo‘ygani yo ‘q. Ularni o‘z 
g‘amho‘rligiga olib qo ‘llab quvvatlamoqda. 
To‘gri mehribonlik uyida farzandlar uchun sharoitlar yetarlicha mavjud, ammo mehribonlik 
uyida ulga`yish farzandlar aqliy rivojlanishiga salbiy tasir ko‘rsatishi 2000-yilda Ruminiya 
tomonidan olib borilgan boshqa mamlakatlardagi tadqiqotlar natijasida namoyon bo‘ldi. Unga 
ko‘ra Rossiyada olib borilgan tadqiqot natijasida 15 000 ga yaqin yoshlarning hayoti ular 
muassasani bitirgandan keyin har 5 tadan bittasi jinoyat sodir etganligi, 10 tadan bittasi esa o‘z 
joniga qasd qilganligi ma`lum bo‘ldi [3].
Shu nuqtaiy nazardan bu esa nafaqat jamiyatning balki, butun dunyoning og`riqli nuqtasidir. 
Afsuski ayrim “Ota-onalar” sabab, anchagina kichik jussalar singan, qalblar vayron bo‘lgan, 
intilishlar so‘ngan, qiziqishlar qolmagan. Axir bu dunyoda o‘z ota-onangga keraksiz bo‘lishdan 
ham og`ir musibat bormi? Agar seni dunyoga keltirganlar mehr berib, bag`riga bosishmasa, butun 
olamning senga mehr bergani befoyda. Bu foniy dunyoda katta-kichik dardlar bisyor, ammo eng 
ogirlari go‘daklar qalbini tirnayotgan, kipriklarida qalqiyotgan dardlardir. Axir farzandlar bu 
dunyoga o‘zlari tanlab kelishmaydi. Alloh taqdir qilib, ularni ne`mat sifatida ota-onalarga hadya 
qiladi. Ne`matga noshukurlik esa eng og`ir gunoh. Farzand misli bir gul, uning bog`boni esa ota-
ona. O‘z gulimizni o‘zimiz so‘litmaylik. Negaki bu gullar yo porloq kelajagimiz yohud qorong‘u 
tunimizdir.
Xulosa qilib aytganda oilada farzandlar tarbiyasining milliy o‘ziga xos qoidalari mavjud 
bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma`naviy-ruhiy hotirjamlik, o‘zaro 
totuvlik xukmron bo‘lsa, oila a`zolari bir-birlariga g‘amxo‘r bo‘lsalar, farzand tarbiyasining 
tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit farzand tarbiyasiga ijobiy ta`sir etadi va ular 
farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg‘a 
siljish bo‘ladi. 

Download 7 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish