99
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Oila a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bo‘lamiz, ana
shu imkoniyatlar ta’sirida o‘g‘il va qizlar bilimli,
fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-
zakovatli bo‘lib voyaga etmoqdalar. Oiladagi farzand tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi,
ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan
qanoatlanib qolmasliklari, balki o‘zlari ham tarbiyaning o‘ziga
xos sir-sinoatlari, hususiyatlari,
uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turishlari
kerak bo‘ladi. Lekin hayot atalmish ne`mat haqida tushuncha berishda oqsab qolmoqdamiz.
Shunda hayot nima ? degan savol tug`iladi.
Hayot – bu so‘zni har kim o‘zining fikr doirasidan kelib chiqqan holda mulohaza qiladi.
Kimdir uchun hayot – ulkan bo‘shliq, kimdir uchun – orzular charxpalagi, yana kimdir uchun esa
oddiy bir – chiqindixona. Men uchun esa hayot – boshlanish va tugash nuqtasi noma`lum, har
qanday vaziyatga duch kelish mumkin bo‘lgan, savob va gunoh bekatidan iborat uzun yo‘l. Inson
yashar ekan o‘zi uchun o‘lchab berilgan umr chizig`ini yurib o‘tguniga qadar quvonchga ham,
dardga ham duch keladi, sinaladi. Aslida har qanday baxtga erishish uchun bir dardni yengib o‘tish
kerak. Bu hayot qonunlaridan biri. Dunyoga kelgan kunning o‘zi inson uchun birinchi sinov. Inson
bu hayotga qadam qo‘yar ekan turli sinovlarni boshidan o‘tkazadi,
shu tariqa irodasi
mustahkamlanadi, bardoshli bo‘lishni o‘rganadi. Ammo ba`zilar Allohning taqdiri azalni shunday
bitganiga qaramasdan bu dunyoda ko‘rgan g`am-alamlarining sababchisi boshqalar deb
o‘ylashadi. Buni aytish og`ir bo‘lsada ayrim ota-onalar o‘zlarining noshutligini osongina
farzandlarga ag`darishadi va voz kechishadi.
Hayot bundan million balki milliard yil oldin boshlangan bo‘lishi,
kishilarning
munosabatlari turlicha bo‘lishi, qarorlar aynan bugun bilan bog`liq bo‘lishi mumkin ammo kelajak
doim va har qanday vaziyatda farzandlar bilan bog`liq.
Ikki inson bir-birini o‘zlariga munosib ko‘rib, bir yostiqqa bosh qoyib, oila quradi.
Farzandini dunyoga keltirib, so‘ngra hayotning tashvishlariga, yelkalariga olgan mas`uliyatlariga
chidolmasdan oila deb atalmish qo‘rg`onning shakllantiradi. Oilani asrash yoki dars ketishiga
sababchi bo‘lgan omillar ta`sirlar bo‘ladi. Lekin bunga hech qachon farzandlar aybdor emas aslida.
Lekin afsuski, oddiy tashvishlarga ham dosh bera olmagan va farzandidan osongina voz kechib
yuboradiganlar ham oramizda talaygina. Shunda savollar tug`iladi ota kim? ona kim? Ularning
vazifalari qanday?
Oilaning asosiy tayanchi bo‘lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko‘radi,
o‘zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi
buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota -oilaning boshlig‘i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko‘z ilg‘amas nuqtalarini ilg‘ay
olish, oila a’zolariga faqat to‘g‘ri, haq yo‘lni ko‘rsatib turishdek insoniy mas`uliyat ota zimmasida
turadi.
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala
madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik
yuzasidan namuna ko‘rsatadi.
Murg‘ak tasavvurli farzand ilk tarbiyani oilada oladi. Farzand
tarbiyasining ilk saboqlari
haqida atoqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida
quyidagi ibratli o‘g‘itlarni aytgan edi: “Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni
quvatlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak lozim”.[1]
Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish
asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-
ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a`zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi,
kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa
sifat hamda fazilatlari farzandning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi.
Islom dinida oila – bu insonga Alloh tomonidan in`om etilgan eng ulug` ne`mat, dargohdir.
Oila a`zolari esa yaxshi-yomon kuningda suyanchig` bo‘ladigan eng ishonchli devor. Alloh oilani
insonga maksimal darajada mehr- muhabbat, yordam va axloq bilan ta`minlash uchun yaratgan.
Aksincha bir muddatlik ehtirosni his qilib, so‘ngra oiladan va murg`ak qalbli go‘daklardan voz