|
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GAP MAVZUSINI O‘RGANISHDAGI IZCHILLIKBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GAP MAVZUSINI O‘RGANISHDAGI IZCHILLIK
Siddiqova Shoxida Isoqovna
JDPU Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, dotsent
Xoliqova Matluba Mardon qizi
JDPU Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) magistranti
Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iborat. Bu esa gap orqali amalga
oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo‘ladi.
Gap kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik, fikr
ifodalashning eng oddiy va usullik ko‘rinishi. U so‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish,
tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi.
Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi.
Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so‘z
birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari so‘z ( ibora ham), grammatik shakl va so‘z
birikmalari.
Gap, avvalo, sintaktik tugalllangan qurilma ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu esa u orqali
ifodalanayotgan fikrning nisbatan tugallanganligi bilan belgilanadi. Sintaktik tugallanganlik –
gapning kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllanganligi va tugal ohangga egaligi. Gap kesimga ega
bo‘lmasdan tugal fikr ifoda eta olmaydi. Masalan, chiroyli kitob birikmasida so‘zlovchi nazarda
tutgan axborot yuzaga chiqmagan, chunki uning kitob haqida nima demoqchiligi hali aytilmagan.
Shu bois mazkur qurilma fikrni ifodalaydigan qurilmaning asosiy shakli kesimlikdan holi. To‘g‘ri,
chiroyli kitob birikmasida kitobning xususiyati haqida axborot bordek, ammo u so‘zlovchining
asosiy maqsadi bo‘lgan axborot emas, balki u ikkinchi darajali axborot, asosiy planda gapning
yakunidan anglashiladigan kitobning, deylik, borligi, sotilganligi yoxud yo‘qolganligi haqidagi
axborot yotadi. Demak, gapdan anglashilgan fikr deyilganda, undagi asosiy axborot tushuniladi.
|
| |