|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 103
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Boshqa yordamchi, asosiy bo‘lmagan axborotlar uning yuzaga chiqishida vosita bo‘lib xizmat
qiladi [1].
Gap bir butunlik sifatida gap bo‘laklaridan va so‘z bo‘laklaridan tashkil topadi. Demak,
gapning ichki tuzilish birligi gap bo‘laklari va so‘z birikmalaridir.
Gap ustida olib borilgan ishlar o‘quvchini sintetik ishlarga o‘rgatadi. O‘quvchi turli
ma’nodagi so‘zlarni muayyan tartibda joylashtirib butun bir gapni tuzadi. Bunda o‘qituvchi,
avvalo, so‘z tanlashga, ularni muayyan tartibda joylashtirish ustida ishlashga e’tibor qaratishi,
berilgan bir xil so‘zlarning gapdagi turli o‘ringa joylashtirilishi gap mazmuniga ta’sir qilishini
o‘quvchilarga anglatishi lozim.
Maktab faoliyatida har bir fan o‘qituvchisi o‘z nutqidan tashqari o‘quvchi nutqiga ham
e’tibor qaratishi zarur. O‘quvchilar nutqini o‘stirish, eng avvalo, ularning bilimi,
dunyoqarashining rivojlanishiga bog‘liq. O‘quvchi qanchalik to‘g‘ri va keng fikrlasa, u shunchalik
ravon, ixcham va ifodali nutq so‘zlay oladi. Pedagog ana shunday nutqni yuzaga chiqarish uchun
dars jarayonida o‘quvchilarning fikrlashiga , fikrlarini aniq va tushunarli tarzda yetkaza olishiga,
sheva hamda noadabiy qatlamdan foydalanmasligiga, adabiy til qoidalariga rioya qilishga
diqqatini qaratishi zarur.
O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan talablar ham aynan shu kabi jihatlarni hisobga olgan holda
tanlanadi. O‘quvchilar nutqiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin.
Nutq mantiqiy bo‘lsin.
Nutq aniq bo‘lsin.
Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.
Nutq tushunarli bo‘lsin.
Nutq ifodali bo‘lsin.
Nutq to‘g‘ri bo‘lsin [2].
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Til vositalarini nutq
yo‘nalishiga tez moslashtirib, rejalashtirib olish, nutq mazmunini ifodalash uchun ularni topib
muomalaga kirita bilish nutqiy ko‘nikma sanaladi. O‘quvchilar o‘z fikrini to‘g‘ri va mukammal
ifodalash ko‘nikmasini egallashlari uchun o‘qituvchi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etuvchi va
nutqni lug‘aviy birliklar bilan boyituvchi maxsus mashqlarni muntazam tashkil etishi lozim.
Ona tili va o‘qish darslarida gap tuzish va uning tahlil, ifodali o‘qish mashqlari mantiqiy
tafakkur va nutqni rivojlantiruvchi vositalardandir.
Gap ustida ishlash o‘quvchilarning bayon, insho yozish va og‘zaki hikoyalarida maqbul
usullardan hisoblanadi.
O‘quvchilar tahlil davomida grammatik tushunchalarini tartib bilan aytib bersalar-da, biror
uyushtirilgan ekskursiyadan olgan taassurotlari so‘zlab berishda bir voqeadan ikkinchi voqeaga
sakrab o‘tib ketadilar. Izchillik talabini buzyaptilar. Ko‘rinib turibdiki, grammatik tahlilda hech
narsa dalillanmaydi.
O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlash va ularning diqqatini
yo‘l qo‘ygan xatolarga tortib, xatosini to‘g‘rilashni talab qilishdir. Grammatika va o‘qish darslari
bu borada katta imkoniyatlarga ega.
O‘qituvchi o‘quvchilarning chalkashishlaridan, noaniq javoblaridan, hodisani esidan
chiqarishidagi, taxminiy javoblaridan qoniqish hosil qilmasligi, aniq shakllantirilgan javob va
tushuntirishlarini talab qilishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari narsa va hodisalarni to‘g‘ri kuzatishlari va ulardan ishonarli
xulosalar chiqarishi, ular nima haqida gapirsalar tushuntirish va asoslashni bilishlari kerak.
O‘qituvchi “Nima uchun sen bunday deb o‘ylayapsan? Bu nima ekanligini isbotlab ber. Nima
uchun shunday yozilishini asoslab ber” kabi savollarni berib, gap tuzishga qo‘yiladigan talablarni
har bir ona tili darsida eslatib turishi lozim [3].
Gap ustida olib borilgan ishlar o‘quvchini sintetik ishlarga o‘rgatadi. O‘quvchi turli
ma’nodagi so‘zlarni muayyan tartibda joylashtirib butun bir gapni tuzadi. Bunda o‘qituvch,
|
| |