|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 104
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
avvalo, so‘z tanlashga, ularni muayyan tartibda joylashtirish ustida ishlashga e’tibor qaratishi,
berilgan bir xil so‘zlarning gapda turli o‘ringa joylashtirilishi gap mazmuniga ta’sir qilishini
o‘quvchilarga anglatishi lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga
asoslanadi. O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji
tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan
gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent – 2009. B. 324-325.
2.
Qosimova K. va b. “Ona tili o‘qitish metodikasi”, Toshkent, “Nosir” nashriyoti.
2009. B. 303-304.
3.
Xolboyeva G.A. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Qarshi
“Intellekt” nashriyoti 2022. B. 461.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA O‘QUV TARBIYA JARAYONINI
BOSHQARISH MASALALARI
Fayzullaeva Maftuna Shirinboy qizi
Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Xakimova Dildora
PhD, dotsent
2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta’lim sohasini isloh qilish, tizimni zamon talablari
asosida rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Buning amaliy ifodasi sifatida 2019-
2020 yillarda xalq ta’limi tizimida ko‘plab yangiliklar hayotga tadbiq etildi. T’lim-tarbiya sohasini
takomillashtirish, fanlarni o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim maskanlarida
zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, pedagog kadrlar salohiyatini yuksaltirishga doir qator
me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jamiyatimiz ma’naviy
hayotini yuksaltirish bevosita yoshlarni barkamol insonlar sifatida voyaga yetkazish masalasi bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Umumiy o‘rta ta’lim muasssasalarida biz bilmizki, o‘quv tarbiya jarayoniga direktor va
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Maktabda ta'lim - tarbiya ishlari
1. Maktabda ta'lim-tarbiya ishlari ushbu Ustavning 1.1 (birinchi qism birinchi bandida)
tartibida ishlash olib boriladi.
2. Maktabni boshqarish demokratiya, oshkoralik, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida
amalga oshirilmoqda. Maktab jamoasi ko‘tarilgan vazifani bajaruvchi ota-onalar, mahalla
qo‘mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkamlanib, amalga oshirilayotgan ishlar.
3. Maktab pedagogikasi kengashi maktabni boshqarish oliy organi tomonidan amalga
oshiriladi. Maktab direktori o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi faoliyat ko‘rsatmoqda.
4. Maktabda pedagogik, metodik, vasiylik kengashlari hamda barcha ota-onalar qo‘mitasi
xalq ta'limi vazirligining buyrug‘i bilan tartibda tasdiqlangan Nizomlar asosida shakllantirilgan
hamda faoliyat ko‘rsatmoqda.
5. Maktabning o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga rahbarlikni maktab direktori
olib boradi
Maktab direktori:
|
| |