|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 110
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
- xodimlarning malakasi;
- xodimlar almashinuvi.
6. Moliyaviy tahlil (umumta’lim maktabining moliyaviy holatini tahlil qilish), taniqli va
tasdiqlangan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- umumta’lim maktabining sa’y-harakatini qaytara olish qobiliyati tahlil qilish;
- umumta’lim maktabining barqarorligini tahlil qilish;
- umumta’lim maktabining qo‘shimcha diversifikatsion faoliyatini tahlil qilish;
- qo‘shimcha diversifikatsion faoliyatining moliyaviy faoliyat natijalarini tahlil qilish va
keyingi rivojlanish istiqbollarini baholash.
Ushbu jarayonni rasmiylashtirishga urinishlar turli umumta’lim maktablarining faoliyati
uchun turli xil sharoitlarda yuzaga keladigan ko‘plab muammolarga duch keladi. Tahlilning sifati
ko‘p jihatdan tahlilchining shaxsiyati, uning bilimi, tajribasi va oddiy sezgisiga bog‘liq bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Лaмбен Ж.Ж. Менеджмент, oриентирoвaнный нa рынoк. Стрaтегический и
oперaциoнный мaркетинг / Ж.Ж.Лaмбен. – СПб.: Питер, 2008. - 800 с.
2.
Aynakulov M.A., Qurilishda menejment. O‘quv qo‘llanma. J:. JizPI tipografiyasi
nashriyoti, 2021 -294 b.
MAXSUS MAKTAB-INTERNATLARI TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHDA XORIJ
TAJRIBASI
Mamanov Bahriddin
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi 1-kurs magistranti
Artur Qoryog‘diyev
JDPU Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi
Respublikamizda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bor bolalar uchun yordamchi
maktablar, maxsus maktab-internatlar, guruxlar tarmoqlarining o‘sib borishi ta’lim-tarbiya
ishlarini yo‘lga qo‘yishda katta salmoq kasb etayapti. Yordamchi maktab va maktab-internatlar
bolalarni milliy mafkura ruhida tarbiyalashda, bola tarbiyasida oilaga yordam berishda, ishlab
chiqarishda ishtirok etayotgan ota-onalarning xotirjam unumli mehnat qilishlarini ta’minlashda
muhim ahamiyatga egadir. Yordamchi maktab va maktab-internatlar o‘quvchilarga izchillik bilan
ijobiy ta’sir etish, bola tarbiyasida oila va maktab Hamkorligini mustahkamlashga sharoit yaratadi.
Yordamchi maktablarda tarbiyalanish orqali akli zaif o‘quvchilarni har tomonlama kamol
topishida yordam beradigan barcha asosiy omillar: dars tayyorlash, darsdan tashqari mashg‘ulotlar
jamoat topshiriqlari va o‘quvchilarning dam olishlarini reja asosida tashkil qilish imkonini beradi.
Ma’lumki, uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan uzbek xalki o‘zining ta’lim tarbiyaga oid ulkan
merosini yaratib. Takomillashtirib kelgan, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, mexr-
oqibat, mexnatsevarlik, mardlik, odoblilik kabi umuminsoniy qadriyatlar va fazilatlar ruhida
tarbiyalab kelgan.
Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan pandnomalar. Xalk
og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan namunalari Abu Rayxon Beruniy, Imom al-Buxoriy,
At-Termiziy, Sa’diy, Axmad Yugnakiy, yusuf Xos Xojib,Ulug‘bek, Ahmad YAssaviy, Bahouddin
Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Axmad Donish kabi o‘nlab buyuk shoir va
mutafakkirlar qoldirgan. Ammo xozirgacha yetarli e’tibor berilmagan boy pedagogik merosni
urganish va singdirish vaqti etdi. Bu mutafakkirlarning maktab va oilada bolani axloqiy tarbiyalash
haqidagi qarashlari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, alohidaligi bilan ajralib turadi. Ular
yoshlarni mexnatsevarlik ruhida tarbiyalashga ilmni puxta egallab olishlariga alohida e’tibor bilan
qarab, mexnat bilan topilgan boylik baxt keltirishini ilmli kishi xor bo‘lmasligini aytib o‘tadilar.
|
| |