109
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Umumta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarni shakllantirish bir necha ketma-ket
bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) moddiy-texnik ta’minot (logistika);
2) o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning bevosita jarayoni;
3) o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish va keyingi bosqichga yo‘naltirish;
4)
marketing faoliyati, shu jumladan yo‘naltirish jarayoni;
5) yo‘naltirgandan keying sa’y-harakatlar [2].
Sanab o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlarining ahamiyati va shuning uchun ustuvor yo‘nalishlari
umumta’lim maktablarining o‘ziga xos xususiyatlariga va uning alohida xususiyatlariga bog‘liq.
Shunday qilib, vositachi subyektlar, masalan, distribyutor tashkilotlar uchun ta’minot, moliya
tashkilotlari uchun ta’limni moliyalashtirish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Biroq, u yoki bu sohalarning barchasi har qanday
tashkilot faoliyatida mavjud, shuning
uchun analitik tadqiqot obyektlari quyidagilardir: boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, umumta’lim
maktabining inson resurslari, umumta’lim maktabining texnologik salohiyati.
Ushbu
komponentlar alohida yoki har tomonlama tahlil qilinishi mumkin.
Ta’lim-tarbiya faoliyati va resurslardan foydalanish samaradorligini
tahlil qilish, o‘z
navbatida, har bir umumta’lim maktablarining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, asosiy
ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, xususan:
faoliyat ko‘lami to‘g‘risida ma’lumot beruvchi jismoniy va raqam jihatidan iqtidorli
o‘quvchilar salmog‘i;
OTM ga yo‘naltirilgan iqtidorli o‘quvchilarning fizik va raqam ko‘rinishidagi
ko‘rsatkichlari. Bu umumta’lim maktabi ta’lim sohasida qanchalik talabga ega ekanligi va shunga
mos ravishda u qanchalik samarali ekanligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi, chunki
o‘quvchini
faqatgina bilimli qilish emas, balki uni OTM ga yo‘naltirish va qabul qilinganligi
to‘g‘risidagi xabarni eshitish muhimroqdir;
O‘quvchilarni OTM ga tayyorlash sa’y-harakatlari va OTM da keyingi natijalar.
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisobga olish umumta’lim maktabining ko‘lami va samaradorligini
baholashni shakllantirish imkonini beradi;
2. Umumta’lim maktablari faoliyatining barcha turlari bo‘yicha
amalga oshiriladigan va
quyidagilarni nazarda tutuvchi umumta’lim maktabining faoliyat dasturini tahlil qilish:
- faoliyatning tuzilishini tahlil qilish;
- faoliyat turlari bo‘yicha sa’y-harakatlar tahlili;
- faoliyat turlari bo‘yicha natijaviylikni tahlil qilish.
Tahlilning ushbu bosqichida umumta’lim maktabining asosiy natijalarini ta’minlaydigan
asosiy ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatining eng samarali yo‘nalishi aniqlanadi. Boshqacha
qilib aytganda, e’tiborni kuchaytirishga loyiq bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va bo‘shatilgan
resurslardan voz kechish va istiqbolli yo‘nalishlarda foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat sohalari
belgilandi.
3. Umumta’lim maktabining mulkiy majmuasini tahlil qilish, quyidagilarni nazarda tutadi:
1) Asosiy vositalarni tahlil qilish, xususan:
- asosiy fondlarning hajmi va tuzilishi;
- asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi;
- asosiy vositalarni chiqarish
va yangilash dinamikasi;
4. Ulardan foydalanish samaradorligini baholash bilan bog‘liq moddiy resurslarni tahlil
qilish va quyidagilarga ta’rif berish:
- ta’lim berish zahiralari bilan ta’minlash;
- tovar-moddiy zaxiralarning aylanmasi;
- ta’lim birligiga ta’lim resurslari8ning solishtirma sarfi;
5. Namunaviy jadval bo‘yicha amalga oshiriladigan mehnat resurslarini (o‘qituvchilarni)
tahlil qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- xodimlarning yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha xususiyatlari;