“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

86 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
bo‘lgan intilish jiddiy muammolarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar birinchi 
navbatda ta’lim jarayoni sub’ektlari orasida kuzatiladi. 
“Ziddiyat arabcha so‘z bo‘lib, O‘zbek tilining izohli lug‘atida, mazkur so‘z quyidagicha 
tavsiflangan, ziddiyat – dushmanlik, qarshi chiqish, bir-biriga xiloflik, fikriy qarama-qarshilik, 
akslik ma’nolarini anglatadi[1]”.
Ziddiyatlar jarayonida o‘zaro muvofiq kelmaydigan ikki xil mulohaza, nuqtai nazar 
namoyon bo‘ladi. Bu shaxslar, fikrlar orasidagi kurashni ifodalaydi. Ziddiyatlar birinchi navbatda 
tafakkur taraqqiyotining manbai, harakatga keltiruvchi kuchi, ichki mazmuni sifatida e’tirof 
etiladi.
Har qanday taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bartaraf etilishini 
taqozo qiladi. Bunday rivojlanish o‘zaro ziddiyatlarni bartaraf etish jarayonida shaxs tafakkurida 
ham ro‘y beradi. Pedagogik jamoa a’zolari orasida vujudga keladigan ziddiyatlar pedagogik nuqtai 
nazardan antagonistik bo‘lmagan ziddiyatlar (murosaga keltiriladigan, bartaraf etiladigan) bo‘lib, 
u pedagogik ta’sir va yordam yo‘li bilan bartaraf etiladi.
O‘quv jarayonidagi ziddiyatlar turli pedagogik usullar, vositalar, metodlar yordamida 
bartaraf etilishi mutaxassislar tomonidan asoslab berilgan. Bunda ziddiyat jarayoni subyektlarini 
o‘zaro kelishtirish, murosaga keltirish, hamjihatlik va hamkorlik muhitini tashkil etish orqali 
erishiladi. 
Ziddiyat tushunchasi qadimiy bo‘lib, uni pedagogik jihatdan talqin etish va tavsiflashga oid 
yondashuvlar o‘tgan XX asrning oxirlarida boshlandi. Chunki sobiq sovet pedagogikasida 
o‘quvchilar orasida ziddiyatlar mavjud emas, degan noto‘g‘ri qarash hukmron edi. Ayniqsa 
so‘nggi yillarda pedagogik ziddiyatlarni ilmiy jihatdan asoslashga bo‘lgan qiziqishlar kuchaydi. 
Nazariyotchi pedagoglar oldiga ziddiyatlarni ilmiy pedagogik tushuncha sifatida tavsiflash 
vazifasi qo‘yilmoqda. 
Biz quyida ziddiyat tushunchasining tavsifi ustida fikr yuritamiz. Mazkur tavsif 
jamiyatshunoslar, ruhshunoslar tomonidan bir qadar tan olingan va asoslangandir. O‘tmishda 
ziddiyat tushunchasiga asosan siyosiy nuqtai nazardan baho berilgan. Bugungi kunda esa mavjud 
tushunchaning haqqoniy tavsifini aniqlash ehtiyoji vujudga keldi. Pedagogik tadqiqot doirasida 
mazkur tushunchaga murojaat qilish qanday o‘ziga xos maqsad va vazifalarga ega, degan savolga 
javob izlash ayniqsa muhimdir. 
Jamiyatshunoslar ziddiyatni nuqtai nazarlar, qarashlar, intilishlar orasidagi qarama-qarshilik 
sifatida tavsiflaydilar. Barcha mavjud lug‘atlar va ensiklopediyalarda ziddiyatga xuddi shunday 
ta’rif berilgan. Shu tariqa ziddiyat so‘zining ma’nosi keng ko‘lamda qarama-qarshilik tushunchasi 
bilan bog‘liqdir.
Ziddiyat tushunchasiga ruhshunoslar bir-biriga mos kelmaydigan o‘zaro qarama-qarshi 
qarashlar majmui sifatida yondashadilar. Inson qiyofasida alohida namoyon bo‘ladigan holatlar, 
shaxslararo hamda guruhlararo o‘zaro mos kelmaydigan munosabatlar demakdir. Bunday 
munosabatlar kishilarning salbiy nuqtai nazarlari, hissiyotlari, qarashlari asosida vujudga keladi. 
Bu muloqot jarayonidagi ziddiyatlar sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda muloqotga kirishgan 
shaxslarning ob’ektiv hamda sub’ektiv nuqtai nazarlari, o‘zaro salbiy munosabatlari ta’sir 
ko‘rsatadi. Bunday psixologik tavsif ziddiyatning pedagogik mohiyatiga ham xosdir. Buning 
asosiy negizi muloqot ko‘rinishlari va hissiy kechinmalarda namoyon bo‘ladi. 
Mutaxassislarning ta’biricha, pedagogik ziddiyatlar mohiyatan ijtimoiy ziddiyatlarga yaqin 
turadi. Chunki ijtimoiy ziddiyat tushunchasi ostida ijtimoiy qarama-qarshiliklar yotadi. Bunday 
ziddiyatlar turli xarakterdagi ijtimoiy muloqotlar jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ziddiyatlar 
turli guruhlar yoki shaxslar orasidagi tortishuvlar negizida tarkib topadi. Ziddiyatlarning ijtimoiy 
tavsifi asosida ilmning boshqa sohalaridagi tavsifi aniqlanadi. 
Ziddiyatning pedagogik tavsifini aniqlash uchun uning falsafiy, ijtimoiy, psixologik 
tavsiflarini har tomonlama o‘rganish lozim. Pedagogik ziddiyatlarni bartaraf etish yo‘llarini 
aniqlash uchun esa, ziddiyatga borayotgan taraflar orasidagi qarama-qarshilikning xarakterli 
xususiyatlarini oydinlashtirish zarur. Ziddiyat bilan bog‘liq tushunchalar sirasiga ko‘pgina 



Download 7 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish