|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 68
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
onalar bilan hamkorlik qilishga qaratiladi. Maktabgacha ta’limni modernizatsiyalash sharoitida
ta’lim muassasalari xodimlari oldiga yangi vazifalar qo‘yiladi, ta’limning mazmuni o‘zgaradi.
Shunga muvofiq tarzda maktabgacha ta’lim usullari, metodlari, prinsiplari va uni boshqarishga
bo‘lgan yondashuvlar ham yangilanadi. Maktabgacha ta’limning yangi sifatini nafaqat uning
mazmuni ta’minlaydi, balki ta’lim muassasasi faoliyatini boshqaradigan pedagogning shaxsiyati,
axborotlarga bo‘lgan munosabati ham bu tizimda alohida o‘rin tutadi. Mazkur tizimda ta’lim
muhiti va yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’limni boshqarishda xoriiy davlatlarning tajribasidan foydalanish samarali
natialarni belgilab beradi.
Janubiy Koreya ta’lim tizimi Janubiy Koreya Respublikasi ko‘plab tadqiqotchilarning
diqqatini o‘ziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan
Osiyo – Tinch okeani regionining noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart
bo‘lgan asosiy vazifa - o‘z an’anaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni o‘z madaniy-siyosiy identivlik, Sharqning an’anaviy qadriyatlari va orientirlari bilan
bog‘lashga intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning ta’lim tizimi YUNISEF ekspertlari xulosasiga
ko‘ra sanoati rivojlangan davlatlar ichida “eng samaralisi” deb tan olingan.
Maktabgacha ta’lim Belgiyada maktabgacha ta’lim (MT) 2,5 yoshdan 6 yoshgacha davom
etadi. 2,5 yoshga yetganda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga berishadi, shu sababli
guruhdagi bolalar soni yil davomida o‘zgarib boradi. Maktabgacha ta’lim guruhlarining asosiy
maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish hisoblanadi. Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim
majburiy ta’lim dasturiga kiritilmagan bo‘lsada, Belgiyada taxminan 90% gacha bo‘lgan bolalar
unga qatnashadi. Ko‘p hollarda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich maktablarga
uyg‘unlashgan bo‘ladi.
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda
olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha
tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh).
Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar
qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
O‘rganilgan mamlakatlardagi maktabgacha ta’lim jarayoni STEAM ta’limiga asoslanganligi
bilan ajralib turadi. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam
o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan
chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish
asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini
ta’minlaydi. O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan
yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo
tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi.
Yaxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi.
Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba,
adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch
uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan
ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha,
stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va
rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning
do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.
|
| |