|
Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo
|
bet | 3/34 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #155602 |
Bog'liq 6. Qodirova G. AvtoreferatF.T. Rajabov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy Kengash ilmiy kotibi, g.f.b.f.d.(PhD), dotsent
V.B. Fayziyev
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, b.f.d., dotsent
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda shiddat bilan rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimida o‘qitishning zamonaviy usullarini tanlash, innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish, xorijiy tillarni o‘qitishni tizimli ravishda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon bo‘lajak mutaxassislarning xorijiy tillarni bilishga motivatsiyasini rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli, rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim tizimida, jumladan AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Fransiya davlatlarida bo‘lajak mutaxassisning bir nechta tillarni o‘zlashtirishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, xorijiy tillarni kasbiy faoliyat mazmuniga yo‘naltirib o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion metodikalar, o‘qitishning ilg‘or uslublari, interaktiv vositalar va mediata’lim mahsulotlarini joriy etish orqali xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahonda mobil ta’lim texnologiyalari, multimediali elektron o‘quv majmualardan ta’lim jarayonida keng foydalanish orqali xorijiy tillarni o‘rganishga bo`lgan motivatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bolonya konvensiyasi doirasida ham xalqaro ta’limiy dasturlar qamrovining jadallik bilan ortib borishi zamonaviy sharoitda talabadan xorijiy tilni nafaqat kasbiy nuqtai nazardan, balki muloqotning akademik sohasi sifatida foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab etadi. Bo‘lajak muhandislarga xorijiy tilni (ingliz) o‘qitish orqali xorijiy tillarni bilishi va uning lingvistik, ijtimoiy-lingvistik va pragmatik komponentlarini rivojlantirish, xorijiy tilni o‘qitishning ta’lim loyihasini ishlab chiqish, xorijiy tillarni bilishga motivatsiyasini oshirish metodikasini takomillashtirishni taqozo qiladi. Ma’lumki, bugungi kunda, zamonaviy jamiyatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Fanning turli sohalarida yangi bilimlarni to‘plash, yangi istiqbolli texnologiyalarni yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishning turli sohalarini modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda. Eng so‘nggi axborot texnologiyalari yuqori tezlikda rivojlanmoqda, talabalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish usullari takomillashtirilmoqda, bu juda ko‘p ma’lumotlarning paydo bo‘lishiga olib keladi va bularning barchasi zamonaviy inson, uning aqliy qobiliyatlari, ayniqsa, zamonaviy jamiyat rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan yosh avlod uchun muhim intellektual rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan talablarni sezilarli darajada oshirishga olib keladi.
Mamlakatimizda ta’lim va tarbiya jarayonini tubdan isloh qilish bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida e’tirof etilar ekan, bunda, xorijiy til ta’limini takomillashtirish borasidagi islohotlar jarayonida asosan ingliz tilini o‘qitishga katta e’tibor qaratildi. Jumladan, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish1 bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. Mazkur vazifalarini bajarishda Respublikamizda texnika oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish metodikalarini takomillashtirishni, xorijiy tillarni kasbiy faoliyat mazmuniga yo‘naltirib o‘qitishda mavjud o‘qitish metodikalarini xorijiy tajribalar asosida yanada boyitishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonlari, 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2019 yil 8 oktyabrdagi PQ-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori va mazkur faoliyatga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |