• Tadqiqotning amaliy natijalari.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
  • Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo




    Download 1,17 Mb.
    bet6/34
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #155602
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    6. Qodirova G. Avtoreferat

    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    -texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimli, faoliyatli, kompetentli, lingvomadaniy, integrativ yondashuvlar va kreativlik, interaktivlik, variativlik tamoyillari asosida mazmunan rivojlantirilgan;
    -bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli komponentlari mazmuniga CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari hamda “experience exchange”, “rotation” kabi interfaol metodlarni singdirish orqali takomillashtirilgan;
    -texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan M-learning mobil ilovasi mazmuni motivatsion yondashuv asosida takomillashtirilgan;
    -bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarini o‘rganishga motivatsiyasini rivojlanganligini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli mezonlari va yuqori, o‘rta, past darajalarini ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan
    Tadqiqotning amaliy natijalari. Texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning metodik modeli ishlab chiqilgan;
    -talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan “Amaliy ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan;
    -ingliz tilini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishga qaratilgan “texnik terminlar lug‘ati” mobil ilovasi to‘plami yaratilgan;
    -bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish metodikasi CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari hamda “experience exchange”, “rotation” kabi interfaol metodlarni mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan.
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Dissertatsiyada shakllangan qoidalar, xulosa va tavsiyalarning ishonchliligi pedagogik-psixologik ta’lim sohasidagi respublika va xorijiy davlatlar olimlari, shuningdek, amaliyotchi pedagoglarning ishlariga asoslanganligi; tadqiqot ishining vazifalariga mos, o‘zaro bir-birini to‘ldirib turuvchi tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi; tajriba-sinov ishlarining tahlili, tadqiqot natijalarining miqdor va sifat jihatidan ta’minlanganligi, matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 1,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo

    Download 1,17 Mb.