• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 1,17 Mb.
    bet8/34
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #155602
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
    Bog'liq
    6. Qodirova G. Avtoreferat

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot ishi natijalari 13 ta xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Ilmiy tadqiqot ishi mavzusi bo‘yicha jami 19 ta ilmiy-uslubiy ish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta metodik qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, (shundan 4 tasi xorijiy va 3 tasi respublika jurnallarida) chop etilgan.
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 140 betni tashkil etadi.


    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI


    Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan, maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti aniqlangan, ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha maʼlumotlar keltirilgan.
    Dissertatsiyaning “Bo‘lajak muhandislarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirishning nazariy-metodik asoslari” deb nomlangan birinchi bobida “Xorijiy tillarni (Inliz tili) o‘rganish uchun motivatsiya" tushunchasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari, bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyani oshirishda interaktiv texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati hamda bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini oshirish tamoyillari haqida fikr yuritilgan.
    Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida chet tillarni samarali o‘qitish tizimini joriy etishni talab etmoqda. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda ingliz tilini samarali va tizimli o‘qitish sifatini oshirish zarurati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qaroriga muvofiq aholi orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
    -hududlar, tarmoqlar va ta’lim muassasalarining xorijiy tillarni o‘zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyojlarini tahlil qilish natijalari asosida talab yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni o‘qitishni tashkillashtirish;
    -xorijiy tillarni o‘qitish sohasida «bog‘cha-maktab-oliy ta’lim tashkiloti-korxona» tamoyilidagi uzluksiz ta’lim zanjirini joriy etish maqsadida aholining barcha qatlamlariga mos bo‘lgan tilni o‘rganish bo‘yicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
    -xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, tilning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun videorolik, o‘yin, ko‘ngilochar ko‘rsatuv, filmlar va boshqa o‘rgatuvchi kontent yaratilishini tashkil etish masalalariga yanada jiddiyroq e’tibor berila boshlandi.
    Ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘qituvchining sa’y-harakatlari faqat o‘quv jarayonining motivatsion asosiga mos kelganda muvaffaqiyatli bo‘ladi.
    Motivatsiya tushunchasini ko‘rib chiqib, biz motivatsiya tushunchasi motiv tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq degan xulosaga keldik, ya’ni, motivga kelsak, motivatsiya tushunchasi kengroq va ikkinchi darajali. Shu munosabat bilan, motivatsiya tushunchasini ochish motivni o‘rganish va tavsiflashni o‘z ichiga oladi.
    Pedagog olimlarning tadqiqotlarini o‘rganish natijasida biz motivatsiya tushunchasini quyidagi darajalarga ajratib chiqdik.

    Download 1,17 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




    Download 1,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi

    Download 1,17 Mb.