|
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi
|
bet | 4/34 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #155602 |
Bog'liq 6. Qodirova G. AvtoreferatTadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassalarida ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatini rivojlantirish masalasiga doir muammolar R.H.Djurayev, Sh.E.Qurbanov, A.R.Xodjabayev, Q.T.Olimov, B.S.Abdullayeva, U.Nishonaliyev, H.Rashidov, X.Sanaqulov, O‘.Tolipov, M.Haydarov, O.Haydarov, Sh.Sharipov, U.Sh.Begimqulov, J.Hamidov, O.X.To‘raqulov tomonidan o‘rganilgan.
Xorijiy tillarini o‘qitishning pedagogik xususiyatlari, axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida xorijiy tilni o‘qitish muammolari J.J.Jalolov, F.M.Rashidova, K.Dj.Riskulova, Y.T.Umarova, A.R.Gayfutdinova, S.S.Avganov, o‘qituvchilar ijodiyligi, xorijiy tilni o‘qitish asoslari Y.V. Yermolaeva, S.N.Aliyev, xorijiy til vositasida talabalarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish, til madaniyati M.V.Toporkova, N.N.Mukimovalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
Xorijiy tillarni bilish kompetentligini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari Y.D.Bojovich, Y.A.Bistrova, Y.M.Vereshagina, I.A.Zimnaya, L.A.Petrovskiy va boshqalarning tadiqotlarida ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadqiqotlarning deyarli ko‘pchiligi O.V.Gordienko, T.M.Voitelevlar xorijiy tillarni bilish kompetentligiga talabaning kasbiy tayyorgarligi elementi sifatida qaragan.
Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘qitish orqali talabalarning xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy olimlardan S.Richard Jak, S.Vild, A.Vanitsa, L.Shulze Heling , J.T.Sandefur, A.L.Robert, S.Balan va boshqalar ilmiy-tadqiqotlar olib borishgan.
Pedagogik, psixologik, falsafiy va ilmiy adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘rganib tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, chet tilidan ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan, lekin bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganish motivatsiyasini oshirish texnologiyasining uslubiy-didaktik ta’minotini rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish muammolari yetarlicha tadqiq qilinmagan, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmagan.
|
| |